15:00 19 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Jamiyat
Havola olish
108 0 0

Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning vakolatlaridan diniy tashkilotlarni tugatish huquqi chiqarib tashlandi, diniy tashkilot faoliyatini sud tartibida toʻxtatish belgilandi.

TOSHKENT, 15 may — Sputnik. Oʻzbekistonda diniy tashkilotlarni roʻyxatga olish tartibi diniy tashkilotlarni tashkil etish uchun tashabbuskorlar sonining 100 kishidan 50 kishigacha qisqartiriladi, shuningdek, diniy taʼlim muassasalarini roʻyxatdan oʻtkazish tartibi soddalashtiriladi. Bu haqda Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi saytida maʼlum qilindi.

2019 yil 14 mayda Oʻzbekiston  Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida Din va eʼtiqod erkinligini taʼminlash boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ning ijrosini monitoring qilish boʻyicha Ishchi guruhning navbatdagi kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekistonda diniy tashkilotlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, qayta roʻyxatga olish, tugatish tartibini yanada maqbullashtirish va soddalashtirish boʻyicha xalqaro ekspert tavsiyalarini hisobga olgan holda, diniy tashkilotlarni roʻyxatdan oʻtkazish ularning markaziy organlari uchun davlat boji besh marta – EKOIH ning 100 baravaridan 20 baravarigacha va diniy tashkilotlarning oʻzi uchun 50 dan 10 gacha qisqartirildi. Roʻyxatga oluvchi organga hisobot berish tartibi va muddati yiliga bir marta hisobot taqdim etish talablarini belgilash yoʻli bilan soddalashtirildi.

Shuningdek, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning vakolatlaridan diniy tashkilotlarni tugatish huquqi chiqarib tashlandi, diniy tashkilot faoliyatini sud tartibida toʻxtatish belgilandi.

Ishchi guruhning kengaytirilgan yigʻilishida deputatlar, senatorlar, vazirliklar, idoralar, taʼlim muassasalari rahbarlari, fuqarolik jamiyati institutlari, diniy tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari va Oʻzbekistonda akkreditatsiyadan oʻtgan diplomatik korpus vakillari ishtirok etdi.

Asosiy mavzular