Oliy sud raisi: “Kameralar qarshisida jurnalistlarning savollariga javob berish osonmas”

Obuna bo‘lish
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Sud organlari va ommaviy axborot vositalari o‘rtasidagi hamkorlikni izchil rivojlantirish” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tmoqda.

TOShKENT, 15-may - Sputnik. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Sud organlari va ommaviy axborot vositalari o‘rtasidagi hamkorlikni izchil rivojlantirish”  mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda qayd etilishicha, tadbirda Oliy sud raisi Kozimjon Komilov so‘zga chiqqan.

Oliy sud raisining so‘zlariga ko‘ra, sud tizimi shu paytgacha eshiklari yopiq idora edi. Hozir esa sud binolariga barcha fuqarolar, jumladan, jurnalistlar ham kirib chiqishi mumkin bo‘ldi.

“Kameralar qarshisida jurnalistlarning savollariga javob berish osonmas. Sudalarimiz bunga endi-endi o‘rganishapti”, - dedi u.

Yeshe bolshe gosuslug mojno budet poluchit cherez internet - Sputnik O‘zbekiston
Endi sudning hal qiluv qarorlari internetga joylashtiriladi

Komilov ta’kidiga ko‘ra, jurnalistlar bilan hamkorlik qilishdagi eng katta muammo – berilayotgan materiallarning haqqoniyligini ta’minlash. Qonuniy kuchga kirmagan narsani matbuotda chiqarishga hech kimning haqqi yo‘q.

Shuningdek, jurnalistlarning sud majlisiga kiritilmagani haqida unga hech qanday shikoyat kelib tushmaganini va aagar shunday holatlar bo‘lsa, muammoni hal qilib berishlarini aytib o‘tgan.

“Axborot erkinligi va jurnalistlar faoliyatini tartibga soluvchi qonunlarni qayta ko‘rib chiqish kerak. Sudalarimizning o‘zi ham ko‘p yanglishadi. Hali qonuniy kuchga kirmagan hujjatlarni asos qilib gapirib qolishadi. To‘g‘ri, ular yosh, o‘zini ko‘rsatgisi keladi. Lekin professional etikaga rioya qilish kerak. Ochiq sud majlislariga OAV vakillari kiritilishi mumkin. Sizning (*jurnalistlarning) faoliyatingizga hech qanday to‘sqinlik qilinmaydi, faqat ichki tartibga rioya qilsangiz, kifoya. Yopiq sud majlislarida esa jurnalistlar ishtirok etishi mumkin emas. Yopiq sud majlislariga hatto meni ham kiritishmaydi”, - dedi Oliy sud raisi.

Yangiliklar lentasi
0