20:41 20 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.34
  • EUR9673.87
  • USD8584.50
Attraktsion

Samarqandda qiz nega katta tezlikdagi attraktsiondan qulab tushgani maʼlum boʻldi – video

© Sputnik / Yevgeniya Novojenina
Jamiyat
Havola olish
975 0 0

Samarqand shahrining “Yoshlik” istirohat bogʻida katta tezlikda aylanuvchi attraktsionda uchayotgan bir qiz yerga qulab tushdi.

TOSHKENT, 15 may – Sputnik. Kecha Samarqand shahrining “Yoshlik” istirohat bogʻida koʻngilsiz hodisa sodir boʻldi.

Istirohat bogʻidagi attraktsionlardan birida uchayotgan qizlardan biri undan chiqib ketib, yerga qulab tushgan.

Mazkur hodisa tasvirlangan video jamoatchilik tomonidan keng va qizgʻin muhokamalarga sabab boʻldi. 

“Zamon” informatsion dasturida jabrlangan qiz attraktsion toʻxtashi arafasida bilmasdan himoya kamarini yechib yuborgan va yerga yiqilgani maʼlum qilindi.

Tadbirkor Navroʻz Haydarovning soʻzlariga koʻra, qurilmada nosozlik kuzatilmagan. Attraktsion yana bir texnik koʻrikdan oʻtkazilgan.

Qizga tibbiy yordam koʻrsatish maqsadida shifoxonaga olib borilgan.

Asosiy mavzular