15:38 24 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
V Tashkente sostoyalas tseremoniya otkrыtiya Informatsionnogo tsentra po atomnыm texnologiyam (ITSAT)

Toshkentda atom texnologiyalari boʻyicha axborot markazi ochildi

© Uzatom
Jamiyat
Havola olish
74 0 0

Axborot markazi “Oʻzatom” agentligi va “Rosatom” davlat korporatsiyasining qoʻshma loyihasi asosida ishga tushirildi.

TOSHKENT, 15 may - Sputnik. Toshkentda atom texnologiyalari boʻyicha axborot markazi ochildi. Bu haqda “Oʻzatom” matbuot xizmati xabar qildi.

Ochilish marosimida “Rosatom” davlat korporatsiyasi bosh direktori Aleksey Lixachyov, Oʻzbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi prezidenti Behzod Yuldoshev,  Rossiya Federatsiyasining favqulodda va muxtor elchisi Vladimir Tyurdenev hamda Oʻzbekiston va Rossiya atom tarmoqlari vakillari, maktab oʻquvchilari ishtirok etishdi.

V Tashkente sostoyalas tseremoniya otkrыtiya Informatsionnogo tsentra po atomnыm texnologiyam (ITSAT)
V Tashkente sostoyalas tseremoniya otkrыtiya Informatsionnogo tsentra po atomnыm texnologiyam (ITSAT)

Taʼkidlanishicha, axborot markazi Oʻzbekiston aholisi uchun har bir inson atom nima ekanligi, AES qanday ishlashi, atom texnologiyalari qaysi noenergetik sohalarda qoʻllanilishi va koʻpgina boshqa masalalar boʻyicha bilimga ega boʻlishi mumkin boʻlgan maydon boʻladi. Markaz ekspozitsiyasi turli yoshdagi tashrif buyuruvchilar uchun moʻljallangan: maktab oʻquvchilari, talabalar va yoshi kattalar.

V Tashkente sostoyalas tseremoniya otkrыtiya Informatsionnogo tsentra po atomnыm texnologiyam (ITSAT)
V Tashkente sostoyalas tseremoniya otkrыtiya Informatsionnogo tsentra po atomnыm texnologiyam (ITSAT)

Shuningdek, markaz maydonida olimlarning ommaviy maʼruzalari oʻqiladi, atom tarmogʻi mutaxassislari bilan uchrashuvlar va shu bilan bogʻliq turli tadbirlar  tashkil etiladi.

Oʻtgan yilning kuz oyida Rossiya va Oʻzbekiston hukumatlari rahbarlari Dmitriy Medvedev va Abdulla Aripov respublika hududida AES qurilishi boʻyicha hamkorlik qilish toʻgʻrisida bitim imzolashdi. “Rosatom” VVER-1200 reaktorli qurilma “3+” avlodiga tegishli ikkita energoblokdan iborat boʻlgan majmua barpo qilishni rejalashtirilmoqda.  

Asosiy mavzular