21:33 16 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB142.96
  • EUR10360.56
  • USD9395.63

Tohir Malik vafot etdi

© Toxir Malik / Fb
Jamiyat
Havola olish
780 0 0

Oʻzbekiston xalq yozuvchisi, detektiv va fantastik asarlar muallifi Tohir Malik 73 yoshida vafot etdi.

TOSHKENT, 16 may - Sputnik. Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malik vafot etdi, deb xabar qilmoqda  Sputnik muxbiri.

Xabarda aytilishiga koʻra, Tohir Malik shifoxonada jarrohlik amaliyotidan soʻng vafot etgan.

Oʻzbekiston xalq yozuvchisi, Tohir Malik (Tohir Abdumalikovich Hobilov) 1946 yil 27 dekabrda Toshkentda ziyolilar oilasida dunyoga kelgan. 1969 yilda ToshDUning jurnalistika fakultetini tamomlagan. 2000 yilda "Oʻzbekiston xalq yozuvchisi" unvonini olgan. 

Oʻzbek adabiyotida Tohir Malik oʻzining “Falak”, “Somon yoʻli elchilari”, “Tiriklik suvi”, “Zaharli gʻubor”, “Chorrahada qolgan odamlar” va boshqa fantastik, “Charxpalak”, “Qaldirgʻoch” “Bir koʻcha, bir kecha”, “Soʻnggi oʻq”, “Shaytanat”, “Ov”, “Murdalar gapirmaydilar”, “Iblis devori”, “Mehmon tuygʻular”, “Jinoyatning uzun yoʻli”, “Odamiylik mulki” singari detektiv va maʼrifiy asarlari bilan tanilgan va kitobxonlarning sevimli adibiga aylangan.

Badiiy asarlar yozishdan tashqari Tohir Malik bir qator rus va xorijiy adiblar asarlarini oʻzbek tiliga tarjima ham qilgan.

Asosiy mavzular