04:49 21 Iyun 2019
Efir
  • RUB132.57
  • EUR9566.00
  • USD8535.74
Komil Allamjonov

Betaraf jurnalistika uchun erkin maydon yaratishga tayyormiz – Allamjonov

Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Jamiyat
Havola olish
87 0 0

Rasmiy nuqtai nazarni aks ettirishi yoki unga zid boʻlishidan qatʼiy nazar, betaraf va adolatli jurnalistika uchun erkin maydon yaratishga tayyormiz - Allamjonov.

TOSHKENT, 16 may – Sputnik. Bizning qarashlarimizni aks ettirishi yoki zid ekanidan qatʼiy nazar, betaraf va adolatli jurnalistika uchun erkin maydon yaratishga tayyormiz, dedi Oʻzbekiston prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Komil Allamjonov.

“Oʻzbekiston — haqqoniy, xolis, xalqaro jurnalistik etika asosida ish olib boradigan har qanday xorijiy ommaviy axborot vositalariga ishlash uchun zarur sharoit yaratib, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlaydi.

Ishlash printsipidan, ular ilgari surayotgan masalalar bizning qarashlarimizni aks ettirishi yoki zid ekanidan qatʼiy nazar, betaraf va adolatli jurnalistika uchun erkin maydon yaratishga tayyormiz”, - deyilgan barcha ommaviy axborot vositalariga qaratilgan murojaatda.  

Eslatib oʻtamiz, bir hafta oldin Allamjonov Oʻzbekistonda oldin kirish texnik cheklangan boʻlgan bir qator xorijiy OAVlar saytlariga kirishga cheklovlar olib tashlangani haqida eʼlon qilgan edi. Ular orasida “Amerika ovozi”, “BBC Uzbek”, “Deutsche Welle”, “Amnesty International” va boshqa saytlar bor.

Asosiy mavzular