02:09 18 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Proverka dokumentov sotrudnikami GAI v Tashkente

Yoʻl harakati qoidabuzarliklarini jarima ballari asosida baholash tizimi joriy etiladi

© GUVD g. Tashkenta.
Jamiyat
Havola olish
27510

2020 yil 1 yanvaridan boshlab, milliy haydovchilik guvohnomasiga ega boʻlgan haydovchilar shaxslarning yoʻl harakati qoidabuzarliklarini jarima ballari asosida baholash tartibi joriy etilishi mumkin.

TOSHKENT, 16 may – Sputnik. Ichki ishlar vazirligi “Yoʻl harakati qoidabuzarliklarini jarima ballari asosida baholash tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi hukumat qarori loyihasini tayyorladi.

Qarorga Yoʻl harakati qoidabuzarliklarini jarima ballari asosida baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilova qilingan.

“2020 yilning 1 yanvaridan boshlab, milliy haydovchilik guvohnomasiga ega boʻlgan fuqarolar hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning yoʻl harakati qoidabuzarliklarini jarima ballari asosida baholashning quyidagilarni nazarda tutuvchi tartibi joriy etilsin:

yil boshidan yoʻl harakati qoidalarini buzgan transport vositalari haydovchilariga muayyan jarima bali berib boriladi;

agar transport vositalari haydovchilarining yoʻl harakati qoidalarini buzganligi uchun yil mobaynida (1 yanvardan 31 dekabrga qadar) toʻplagan jarima ballarining umumiy miqdori oʻn ikki ballga yetsa yoki undan oshsa, u haydovchilik huquqidan mahrum etiladi;

oʻn ikki yoki undan yuqori jarima bali toʻplagan haydovchining xohishiga qarab unga qayta imtihon topshirish imkoni beriladi, imtihondan muvaffaqatli oʻtgan taqdirda, yil yakuniga qadar uch jarima baliga teng limit beriladi;

oʻn ikki yoki undan ortiq ballga teng qoidabuzarlik sodir etgan, shuningdek qayta imtihonni topshira olmagan haydovchilar sud tomonidan oʻrnatilgan tartibda yil yakuniga qadar transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etiladi”, - deyilgan hujjat loyihasida.

Hujjatda aytilishicha, oʻn ikki va undan yuqori ballga teng boʻlgan yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun haydovchilar tomonidan qayta imtihon topshirishda toʻlanadigan toʻlovlar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobiga oʻtkazilsin hamda yoʻl-transport hodisalarining oldini olishga qaratilgan targʻibot ishlari, shuningdek haydovchilarning uyali aloqa vositalariga xabar yuborish bilan bogʻliq tadbirlarni moliyalashtirishga maqsadli yoʻnaltiriladi.

Qaror loyihasida 2019 yil 1 iyuligacha milliy haydovchilik guvohnomasiga ega boʻlgan fuqarolarga elektron shaklda jarima ballari berish va haydovchilar tomonidan yoʻl harakati qoidalari buzilganda ularni hisoblashning elektron tizimini ishlab chiqishi vazifasi qayd etilgan.

Asosiy mavzular