23:44 18 Iyun 2019
Efir
  • RUB132.57
  • EUR9566.00
  • USD8535.74
Ortik Otajonov

Oʻzbekiston xalq artisti Ortiq Otajonov vafot etdi

© UzA
Jamiyat
Havola olish
2670 0 0

Oʻzbekiston, Qoraqalpogʻiston va Turkmaniston xalq artisti Ortiq Otajonov 72 yoshida vafot etdi

TOSHKENT, 17 may – Sputnik. Bugun Oʻzbekiston, Qoraqalpogʻiston va Turkmaniston xalq artisti Ortiq Otajonov 72 yoshida vafot etdi. Bu haqda xonanda Anvar Sobirov Instagram’dagi sahifasida maʼlum qildi.

Ortiq Otajonov 1947 yil 30 yanvar kuni Xorazm viloyati Bogʻot tumanida tugʻilgan. Oʻzbekiston (1991 y.), Turkmaniston va Qoraqalpogʻiston (1993 y.) xalq artisti. Urganch musiqa bilim yurtini (rubob sinfi boʻyicha, 1967 y.) va Toshkent madaniyat instituti (1980 y.)ni tugatgan. 

Katta sahnalarda Ortiq Otajonov 1968 yildan 1997 yilga qadar faoliyat olib borgan. Xonandaning “Umr oʻtar”, “Lazgi”, “Boshqacha”, “Kelsun, kelsun”, “Dilbar”, “Yurishlaring” kabi qoʻshiqlari haqiqiy zamonaviy mumtoz qoʻshiqlarga aylangan.

Sputnik Oʻzbekiston tahririyati marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik izhor etadi.

Asosiy mavzular