06:31 25 Iyun 2019
Efir
  • RUB132.57
  • EUR9566.00
  • USD8535.74
Tsentralnыy bank Respubliki Uzbekistan

Oʻzbek ayollari qachon Markaziy Bank raisi boʻlishi mumkin - Kristin Lagard javobi

© Baxodыr Mamadjanov
Jamiyat
Havola olish
25210

Xalqaro valyuta jamgʻarmasi rahbari Kristin Lagard ishda qanday muvaffaqiyat qozonish sirlari bilan boʻlishdi

TOSHKENT, 17 may – Sputnik. Oʻzbekistonlik ayollar ham MB raisi lavozimini egallashlari mumkin, faqat buning uchun ulardan oʻziga boʻlgan ishonch va harakat talab etiladi, dedi bugun Markaziy bankda talabalar bilan tashkil etilgan uchrashuvda Xalqaro valyuta jamgʻarmasi rahbari Kristin Lagard.

Lagarddan bunday global tashkilotga rahbarlik qilish qiyin emasmi, Oʻzbekiston Markaziy banki raisi boʻlishni xohlovchi ayollardan nima talab etiladi, deya soʻrashdi.

"Barcha yutuqlar zamirida tinimsiz, mashaqqatli mehnat yotadi. Ayniqsa, gap ayollar haqida borsa. Biz, ayollar, qoʻlimizdan keladigan ishlarni koʻrsatish uchun hammadan koʻp tirishqoqlik koʻrsatishimiz, oʻz kuchimizni har doim isbotlashimiz kerak boʻladi. Yaʼni har doim oʻz oldimizga qoʻygan maqsadimiz sari intilishimiz, dadil olgʻa qadam tashlashimiz, hech qachon ortga chekinmasligimiz va hech qachon agressiv (jahldor) boʻlmasligimiz kerak. Negaki, biz erkaklar va ayollar bilan birgalikda bitta jamoada ishlashimiz kerak boʻladi. Agarda sizda oʻzingizga nisbatan ishonch boʻlsa va harakatchan boʻlsangiz, siz hech kimga tahdid boʻlmaysiz. Siz kuch, ijobiy kuch boʻlasiz, va oʻylaymanki, hozirda bu yerda oʻtirganlarning ayrimlari albatta, qachondir MB raisi boʻladi", - deya iqtibos keltirmoqda Lagard soʻzlaridan Sputnik Oʻzbekiston.

U shuningdek, ishning baxtli boʻlishdagi ahamiyati haqida ham qoʻshimcha qildi. Uning soʻzlariga koʻra, ish tashkilotga integrallashishga, professional jamiyatning bir boʻlagiga aylanishga yordam beradi. Va shu maʼnoda, Lagard fikricha, ish baxtli boʻlishda muhim rol oʻynaydi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Butunjahon banki tomonidan oʻtkazilgan "Ayollar, biznes va qonun - 2019" tadqiqoti natijalariga koʻra, gender tenglikka erishgan mamlakatlar reytingida 70.6 ball olgan. Gvatemala va Kongoning koʻrsatkichi ham taxminan shunchani tashkil etadi.

Asosiy mavzular