SPID mehnat muhojirlari o‘rtasida ko‘proq aniqlanmoqda - Sadinov

© Sputnik / Anton Denisov / Mediabankka o‘tishZabor krovi dlya issledovaniya na naliche infeksiy
Zabor krovi dlya issledovaniya na naliche infeksiy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Samarqand viloyat OITSga qarshi kurashish markazi bosh vrachi, tibbiyot fanlari nomzodi Pahlavon Sadinov fikricha, mehnat migrantlari qaytib kelgach, o‘z hududida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tishi lozim

TOShKENT, 18-may - Sputnik. Mehnat migrantlari o‘rtasida OITS (SPID) kasalligi aniqlanishi hamon yuqoriligicha qolmoqda, deb xabar qiladi "Zarafshon" nashri.

 

Samarqand shahrida viloyatda OITS infeksiyasi bo‘yicha epidemik holat va uning tarqalishiga qarshi kurashish borasida olib borilayotgan ishlar hamda bu sa’y-harakatlarni yanada kuchaytirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazilgan.

Kak berech sebya ot SPIDa - Sputnik O‘zbekiston
OITS - zamon vabosi

Tadbirda tegishli tibbiyot muassasalari xodimlari bilan birga barcha shahar va tuman hokimlarining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, ichki ishlar tizimi xodimlari, mahalla faollari ishtirok etdi.

Qayd etilishicha, mehnat migrantlari o‘rtasida kasallik aniqlanishi hamon yuqoriligicha qolmoqda, shuningdek, tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgan nikohlanuvchi shaxslar orasida ham OITS infeksiyasi aniqlansa-da, turmush qurishni istovchilar bor, OITS bilan kasallangan kishilarni yolg‘izlatib qo‘yish holatlari hamon uchramoqda.

Viloyat OITSga qarshi kurashish markazi bosh vrachi, tibbiyot fanlari nomzodi Pahlavon Sadinov fikricha, mehnat migrantlari qaytib kelgach, o‘z hududida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tishi lozim.

"Afsuski, ushbu ko‘riklar ba’zida nomiga o‘tkazilmoqda, garchi jamoat tashkilotlari orasida bu masalaga mas’ullar bo‘lsa-da, e’tiborsizlik bilan qarash holatlari uchrayotir. O‘z vaqtida aniqlanmagan OITS infeksiyasi esa nafaqat o‘sha inson hayotiga, balki jamiyatga ham xavf tug‘diradi, ya’ni u kasallikni tarqatishda davom etadi. O‘z vaqtida muolaja olmagach uni davolash ham qiyin kechadi. Kasallik ko‘proq jinsiy yo‘l bilan yuqmoqda. OITSga chalinganlarning katta qismi mehnatga layoqatli, ya’ni 30-39 yoshdagi kishilar sanaladi. Shuningdek, ular orasida 18 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar ham bor", - degan Sadinov.

Yig‘ilishda ushbu xastalikning oldini olishda sustkashlikka yo‘l qo‘ygan mutasaddilar ogohlantirilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralari belgilandi.

Yangiliklar lentasi
0