23:48 18 Iyun 2019
Efir
  • RUB132.57
  • EUR9566.00
  • USD8535.74
Ortik Otajonov

Shoir hofiz haqida: Ortiq Otajonov Gulsara ayasiz bu dunyoda yasholmadilar

© UzA
Jamiyat
Havola olish
281940

Ortiq Otajonov rafiqasi vafotidan soʻng: "Usiz men bu dunyoni koʻtaraolmayman. – U bilan urishardim, u bilan janjallashar edim, lekin uning uchun yashardim, uni xursand qilish uchun butun dunyoni uning oyoqlari ostiga tashlar edim. U ketdi, men uchun dunyo huvillab qoldi", deya takrorlayverardi.

TOSHKENT, 18 may- Sputnik. Shoir Muhammad Ismoil 17 may kuni vafot etgan hofiz Ortiq Otajonov haqida xotiralari bilan oʻrtoqlashdi.

"Inson harqancha dovruqli, harqancha zabardast boʻlmasin u bir chimdimgina mehrga hamisha zor ekan. U oʻzi togʻday yuksalib tursada, zarracha mehrga muhtoj, zarracha mehrga ilhaq, zarracha mehr oldida boʻyin egib turar ekan.

Turmush oʻrtogʻi Gulsara Otajonova vafot etgandan soʻng, Ortiq Otajonovni bu dunyoda hech narsa ushlab turolmadi. Meni Gulsara chaqirayapti,- dedilar bir kun Ortiq aka. – Usiz men bu dunyoni koʻtaraolmayman. – U bilan urishardim, u bilan janjallashar edim, lekin uning uchun yashardim, uni xursand qilish uchun butun dunyoni uning oyoqlari ostiga tashlar edim. U ketdi, men uchun dunyo huvillab qoldi. Qaysi tomonga qarasam, menga uning koʻzlari koʻrinib turadi. Meni u chaqirayapti. Men uni yolgʻiz tashlab qoʻyolmayman! 

Unday demang, Ortiq aka deb qanchalik yalinib yolvorsak ham, Ortiq aka unsiz yigʻlab yuborar edilar. Bir kuni, -Yuring, Gulsarani qabriga boramiz, Qurʼon tilovat qilasiz, bir past oʻsha yerda oʻtirib qaytamiz, dedilar. Bordik. Borsak, - Gulsaraning yonida menga joy bormikin, deb qabr yoniga uzala tushib yotib oldilar. – Turing, Ortiq aka deb, qanchalik yalinib yolvorsakda, oʻkrab yigʻlayverdilar.

Bugun mana shunday buyuk qalb egasi, buyuk iqtidor va buyuk ovoz sohibi Ortiq Otajonov hammamizni lol qoldirgancha bu koʻhna olamni tark etdilar. 

Ming minglab odamning toʻyida xizmat qilgan, shodlik va quvonch baxsh etgan, hayotlariga zavq va surur ato etgan inson bizni indamaygina tark etmoqda. Bizdan shundoq yuzini burgancha ketib borayapti. Alvido ustoz! Otam kabi mehribonim, otam kabi gʻamxoʻrim alvido! Sizni yaxshi koʻramiz! Yuragimizni yulib ketdingiz, alvido! Olloh safaringizni xayrli qilsin! Bizdan Gulsara onamizga salom ayting otajon!", - deb yozgan Muhammad Ismoil.

Asosiy mavzular