10:08 24 Fevral 2020
Efir
  • RUB150.07
  • EUR10319.35
  • USD9528.49
Jamiyat
Havola olish
146810

Asli oʻzbekistonlik boʻlgan qozoq milliarderi Fattoh Shodiyev Moskva davlat xalqaro aloqalar instituti bitiruvchilarining anʼanaviy forumida qatnashish uchun Toshkentga keldi

TOSHKENT, 19 may - Sputnik. Moskva davlat xalqaro aloqalar institutini "xalqaro huquq" mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan milliarder Fattoh Shodiyev Toshkentda ushbu institut ochilishini olqishladi, deb xabar qilmoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Shodiyevning soʻzlariga koʻra, MGIMOda oʻqish oʻzbek yoshlarining azaliy orzusi edi. Ammo soʻnggi yigirma yilda bu orzu amalga oshirilmadi - avvalgi rejim oʻzbek talabalarining Rossiyada oʻqishini unchalik "qoʻllab-quvvatlamas edi".

Shodiyev oʻsha davrdagi bunday qiyinchiliklarni "murakkab omil", deya baholadi va shu hozirda prezident Shavkat Mirziyoyev tufayli bu sohada ijobiy oʻzgarishlar boshlanganini qoʻshimcha qildi.

"Toshkentda MGIMO filialining ochilishi oʻzbek yoshlarini buyuk rus madaniyatiga yaqinroq boʻlishlariga yordam beradi. Axir MGIMO - bu yuqori malakali kadrlar yetishtiradigan dargohdir. Ishonchim komilki, sifatli, munosib taʼlim olish imkoniyatidan juda koʻpchilik albatta foydalanadi", - deya taʼkidladi biznesmen.

Fattoh Shodiyev talabalik yillarini esga olar ekan, MGIMOda oʻtgan yillar u uchun ajoyib hayotiy saboq boʻlganini eʼtirof etadi. "Yashashni, ishlashni, ilmdan foydalanishni, toʻgʻri tushunishni, va nihoyat doʻstlashishni oʻrgandim", - deydi u.

Shodiyev, suhbat davomida Oʻzbekiston bilan bogʻliq rejalari koʻpligini, va ularni nasib etsa amalga oshirishini aytib oʻtdi.

Fattoh Shodiyev Sirdaryo viloyatiga 40 milliard soʻm ajratmoqda >>>

Eslatib oʻtamiz, bugun, 19 may kuni Toshkentdagi Simpoziumlar saroyida Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti  (MGIMO) bitiruvchilari  V xalqaro forumi boshlandi. Forum ishtirokchilariga Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda RF prezidenti Vladimir Putinning tabrik soʻzlari oʻqib eshittirildi.

Milliarder Oʻzbekistonga birinchi marta 2017 yilda kelgan. U birinchi ishni Oʻzbekistondagi bolalar uylariga yordam beradigan Fattoh Shodiyev jamgʻarmasi vakolatxonasini ochish bilan boshlagan edi. Avvalroq Adliya vazirligi tomonidan Shodiyev xalqaro fondining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi Davlat roʻyxatidan oʻtkazgani haqida xabar bergan edik.

Maʼlumotlarga qaraganda, Shodiyev "Eurasian National Resources Corporation" (ENRC) kompaniyasi hammuassisi boʻlib, boyligi 3 mlrd dollardan ortiq deb baholangan. Fattoh Shodiyev Belgiyaning eng boy kishisi hisoblanadi.

Fattoh Qayumovich 1996 yildan buyon xayriya faoliyati bilan shugʻullanib keladi.

Asosiy mavzular