Samarqandda bir oilani shafqatsiz o‘ldirgan jinoyatchilar qo‘lga olindi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishRuki v naruchnikax
Ruki v naruchnikax - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kattaqo‘rg‘onlik to‘rt nafar jinoyatchi o‘ta shafqatsizlik bilan qasddan odam o‘ldirishda ayblanmoqda.

TOShKENT, 20-may – Sputnik. Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanida bir oilaning besh nafar a’zosini o‘ldirib, ularning jasadlarini Damas avtomobili ichiga tashlab ketganlan qo‘lga olindi, deb xabar qilmoqda Bosh prokuratura.

Patrulnaya mashina uzbekskoy militsii - Sputnik O‘zbekiston
Tadbirkorga tan jarohati yetkazish holati bo‘yicha jinoyat ishi ochildi - IIBB

Xabarda aytilishiga ko‘ra, 4 nafar jinoyatchilar 14-maydan 15-mayga o‘tar kechasi marhum A.X.ning xonadoniga yashirincha kirib, ularning uxlab yotganligidan foydalanib, o‘zlari bilan olib kelgan temir bo‘laklari bilan bosh, yuz va jag‘ qismlariga bir necha marotaba urib, qasddan o‘ldirib, xonadondan 22 mln. so‘m va marhum J.I.ning “Samsung Galaxy A8” rusumli telefonini qo‘lga kiritishgan.

Shundan so‘ng, ular jinoyat izlarini yashirish maqsadida marhum J.I.ga tegishli “Damas” rusumli avtomashinaga jasadlarni yuklab, avtomashinani Qo‘shrabot tumani, “Do‘stlik” MFY., “Boqichig‘atoy” qishlog‘idagi dalaga tashlab ketishgan.

Tergov-tezkor guruhi ushbu jinoyatni ushbu mahallada yashovchi G‘.T. (1981 y.t., ishsiz), J.U. (1993 y.t., ishsiz), Sh.E. (1995 y.t., ishsiz) va X.N.(1996 y.t., ishsiz)lar amalga oshirganliklarini gumon qilib, ularni qo‘lga olgan.

Zaderjanie prestupnika - Sputnik O‘zbekiston
Rashk ortidan qotillik: Xorazmda jinoyatchi qo‘lga olindi

Jinoyat sodir etishda gumon qilinayotgan fuqarolar Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “a”, “v”, “j”, “i” ,“p” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etishda gumon qilinmoqda. Ayni damda tergov harakatlari davom etmoqda.

O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 97 moddasi – Qasddan odam o‘ldirish, deb ataladi. Yuqorida qayd etilgan bo‘limlar talqin qilinganda: bir guruh jinoyatchilar tomonidan, ta’magirlik maqsadida, qarshilik ko‘rsatishga ojiz bo‘lgan (uxlab yotgan) ikki yoki undan ortiq kishini, o‘ta shafqatsizlik bilan o‘ldirish jinoyatini nazarda tutadi. Ushbu kabi mudhish jinoyatni amalga oshirgan shaxslar uchun JKning oldingi tahririda o‘lim jazosi belgilangan edi. Bugungi kunda esa buday jinoyat sodir etgan kishi 15-yildan 25-yilgacha yoki umrbod qamoq jazosiga mahkum etilishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0