Bundan buyon yaylovlarni kim nazorat qilishi ma’lum bo‘ldi

© Sputnik / Yakov Berliner / Mediabankka o‘tishStado korov
Stado korov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda ilk bor yaylovlarni muhofaza qiluvchi qonun qabul qilindi. Endi yaylovlar hokimiyat tomonidan bo‘lib beriladi.

TOShKENT, 21-may – Sputnik. Kecha, 20-may kuni, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 588-sonli “Yaylovlar to‘g‘risidagi” yangi qonunni imzoladi.

Karakalpakstan obzavelsya novoy selskoxozaystvennoy texnikoy - Sputnik O‘zbekiston
BMT Qoraqalpog‘istonda yaylovlar yaratish uchun traktorlar sovg‘a qildi

Ushbu qonunda ilk bor yaylov tushunchasi, yaylovlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish qoidalari, yaylovlar uchun to‘lanadigan soliqlar va ushbu jarayonlarni nazorat qiladigan davlat organlari belgilangan.

Yaylovlar - chorva mollari uchun ozuqa bo‘lgan o‘simliklarning tabiiy qoplamiga ega yerlardir. Yaylovlar umummilliy boylik bo‘lib, davlat tomonidan muhofaza qilinadi. Yaylovlar cho‘ldagi, yarim cho‘ldagi, tog‘ oldidagi, tog‘dagi va tekislikdagi, suv bilan ta’minlangan hamda suv bilan ta’minlanmagan yaylovlarga ajratiladi. Tog‘dagi yaylovlar mavsumiy bo‘lib, ulardan yilning faqat muayan vaqtida foydalaniladi.

Yaylovlarni kim nazorat qiladi:

Vazirlar Mahkamasi - yagona davlat siyosati va davlat dasturlarini amalga oshirilishini hamda yaylovlarni foydalanish uchun berish tartibini tasdiqlaydi.  

Ferma - Sputnik O‘zbekiston
Qashqadaryoda chorvachilik va baliqchilikka alohida e’tibor qaratiladi

Hokimiyatlar – yaylovlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish bo‘yicha davlat dasturlarini amalga oshirish hamda mahalliy dasturlar ishlab chiqish va ularni amalga oshirishni ta’minlaydi. Shuningdek, yaylovlarda pichan o‘rish va chorva mollarini o‘tlatish normalari va muddatlarini tasdiqlaydi, yuridik va jismoniy shaxslarga yaylovlarni foydalanish uchun beradi va yaylovlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan nazorat qiladi.

Geodeziya, kartografiya va kadastr qo‘mitasi – yaylovlarni inventarizatsiyadan o‘tkazish, geobotanik jihatdan tekshirish, monitoring va yaylovlar holatini yaxshilar choralarini ishlab chiqadi.

Ekologiya qo‘mitasi - yaylovlardan foydalanish davlat ekologik ekspertizasini va davlat ekologik nazoratini amalga oshiradi hamda yaylovlardagi o‘simliklar holatining monitoringini o‘tkazishda ishtirok etadi.

O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi - yaylovlarda pichan o‘rish va chorva mollarini o‘tlatish normalari hamda muddatlarini belgilashda ishtirok etadi, chorva mollarini o‘tlatish uchun uchastkalar berilishini ta’minlaydi, o‘rmon fondi yerlarida yaylovlar monitoringini o‘tkazishda ishtirok etadi.

Yaylovlardan foydalanish huquqi

Yaylovlar – mahalliy hokimiyat organlari tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga doimiy egalik qilish, ijara va vaqtincha foydalanishga berilishi mumkin. O‘rmon fondi yerlaridagi yaylovlar - Davlat o‘rmon xo‘jaligi organlarining ruxsatnomasi bo‘yicha foydalaniladi.

Korovi na molochno-tovarnoy ferme - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonga Germaniyadan qoramol, Fransiyadan zotdor echkilar keltiriladi

Tanazzulga uchragan yaylovlarni tiklash va ko‘paytirish, “Qizil kitob”ga kiritilgan kamob hamda yo‘qolib ketayotgan o‘simlik va hayvonlar turlarini muhofaza qilish maqsadida - yaylovlardan foydalanishga cheklovlar qo‘yilishi mumkin.

Yaylovlarni muhofaza qilish

“Yuridik va jismoniy shaxslar yaylovlarni ifloslantirganlik, ulardan oqilona foydalanmaganlik, ularning tanazzulga uchraganligi va yaylovlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini boshqacha tarzda buzganlik natijasida yetkazilgan zararning o‘rnini qoplashi shart”, - deyilgan qonunda.

Undan tashqari, yangi qonunda yaylovlarni inventarizatsiyadan o‘tkazish, geobotanik jihatdan tekshirish, monitoringini yuritish va boshqa choralar ko‘rsatilgan.

Yaylovlar to‘g‘risidagi qonun e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Yaylovlarning hozirgi holati 

Ushbu qonunni qabul qilishga O‘zbekistondagi yaylovlarning hozirgi holati sabab bo‘lgan desak xato bo‘lmaydi. Xalq so‘zi nashri yozishiga ko‘ra, O‘zbekistonda hozirgi kunda, 21 mln. gektar yaylov maydonlarining 78 % degradatsiyaga uchragan. 

Qolgan yaylovlarning ham 20 % maydonida o‘simliklar soni va turlari kamayib, mahsuldorlik 2 barobarga, jumladan ozuqa ekinlari hosildorligi gektariga o‘rtacha 2 sentnerga qisqargan. Masalan  90-yillarida yaylovlarimizda 270 tadan ziyod o‘simlik turi uchragan bo‘lsa, bugungi kunga kelib ularning 42 turi qolgan, xolos.

Yangiliklar lentasi
0