20:39 19 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Usmonxon Alimov vo vremya vizita v SSHA

Muftiy Usmonxon Alimovning AQShga tashrifi qanday oʻtmoqda

© Upravleniye musulman Uzbekistana
Jamiyat
Havola olish
312 0 0

AQSH Tinchlik institutida davra suhbat va tadbir ishtirokchilari uchun iftorlik uyushtirildi.

TOSHKENT, 22 may – Sputnik. Muftiy Usmonxon Alimov 21 may kuni Vashingtondagi AQSH Tinchlik institutida tashkil etilgan davra suhbatida nutq soʻzladi. Bu haqda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar qildi.

Tadbir Oʻzbekistonning AQShdagi elchixonasi va AQSH Tinchlik instituti tomonidan tashkil etildi.

Usmonxon Alimov vo vremya vizita v SSHA
Usmonxon Alimov vo vremya vizita v SSHA

Tadbir Oʻzbekistonning AQShdagi elchixonasi va AQSH Tinchlik instituti tomonidan tashkil etilgan.

Tadbir Oʻzbekistonning AQShdagi elchixonasi va AQSH Tinchlik instituti tomonidan tashkil etilgan boʻlib, unda Usmonxon Alimov Oʻzbekistonda diniy-maʼrifiy va eʼtiqod erkinligi borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida maʼlumot berdi.

“Davra suhbati ishtirokchilari — ekspertlar, tahlilchilar va soha mutaxassislari tomonidan Oʻzbekistondagi “Jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashish” tamoyili iliq qarshi olindi va amalga oshirilayotgan ilohotlarga yuqori baho berildi”, — deyiladi xabarda.

Oʻzbekiston delegatsiyasi tarkibidagi Oliy Majlis aʼzolari – Senat Tashqi ishlar qoʻmitasi raisi Alisher Kurmanov va Qonunchilik palatasi aʼzosi, Inson huquqlari milliy markazi direktori Akmal Saidov hamda Oʻzbekistondagi Islom tsivilizatsiyasi markazi direktori Shoazim Minovarov ham davra suhbatida soʻzga chiqishdi va eʼtiqod erkinligi borasidagi savollarga batafsil javob berishdi.

20 may kuni Tinchlik instituti tomonidan tadbir ishtirokchilari uchun iftorlik ham uyushtirildi.

Asosiy mavzular