07:51 19 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Draka

Toshkentdagi 17-maktab oʻquvchilarining ota-onalari jarimaga tortildi

Sputnik / Tabыldы Kadыrbekov
Jamiyat
Havola olish
224 0 0

XTV Yunusobod tumanidagi 17-umumtaʼlim maktabining oʻquvchilari oʻrtasida yuz bergan nizoli holatni oʻrganib chiqdi. Oʻquvchilarning ota-onalari jarimaga tortildi, maktab direktori va oʻrinbosarlariga esa hayfsan eʼlon qilindi.

TOSHKENT, 23 may – Sputnik. Xalq taʼlimi vazirligining Huquqiy-nazorat xizmati tomonidan Toshkent shahri, Yunusobod tumanidagi 17-umumtaʼlim maktabining 9-sinf oʻquvchisi L.M va 10-sinf oʻquvchisi S.A oʻrtasida yuz bergan nizoli holat oʻrganib chiqildi. Bu haqda XTV axborot xizmati xabar berdi.

Xabarda qayd etilishicha, joriy yilning 13 aprelida L.M va S.A oʻrtasidagi janjalni shu maktabning 9-sinf oʻquvchisi SH.SH uyali telefoni orqali tasvirga olgan hamda videotasmani telegram ijtimoiy tarmogʻidagi “Doʻstlar” guruhiga, shuningdek, “Gonzo” akkauntiga instagramga tashlagan.

Mazkur holat koʻrib chiqilgan va L.M.ning ota-onasi farzand tarbiyasiga yetarli darajada eʼtibor bermagani uchun 202 730 soʻm jarimaga tortilgan.

Shuningdek, XTV tekshiruvi natijasida maktab direktori tomonidan janjalning boshqa ishtirokchilarini hisobotdan yashirgani, tuman va shahar XTB hamda IIBga xabar berilmagani aniqlangan.

Ushbu hujjatlar koʻrib chiqilgan va 10-sinf oʻquvchisi S.A.ning ota-onasi farzand tarbiyasiga befarqligi uchun 405 460 soʻm miqdorida jarimaga tortildi.

Bundan tashqari, tegishli hujjatlar asosida joriy yilning 10 may kuni Mirzo Ulugʻbek tumani Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiyasi 9-sinf oʻquvchisi SH.SH.ning ota-onasi farzand tarbiyasiga befarq boʻlganligi va maktab hududida mobil telefondan foydalanish qoidalarini buzganligi uchun 608 190 soʻm miqdorida jarimaga tortilganini maʼlum qilindi.

XTV taʼlim muassasasida oʻquvchilar tomonidan huquqbuzarlikni sodir etilishining oldini olishga yetarli darajada eʼtibor qaratmaganliklari, oʻquvchilar axloqi ustidan nazoratni susaytirganliklari uchun maktab direktori hamda oʻrinbosarlariga Mehnat Kodeksining 181-moddasi 1-bandiga muvofiq hayfsan eʼlon qilinganini qoʻshimcha qildi.

Asosiy mavzular