07:27 19 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Beremennaya jenщina

Surxondaryoda homilador ayolning nima sababdan vafot etganiga oydinlik kiritildi

CC0 / Unsplash / freestocks.org
Jamiyat
Havola olish
503 0 0

Bemor qon namunalari tekshirilganda Qrim-Kongo gemmoragik isitma kasalligi alomatlari aniqlangan.

TOSHKENT, 23 may – Sputnik. Respublika Davlat sanitariya epidemiologiya nazorat markazi Boysun tumanida homilador ayolning vafot etganligi yuzasidan bayonot berdi.

Qayd etilishicha, Omonxona qishlogʻida yashagan 24 yoshli ayol 2019 yil 13 may kuni Boysun tuman tibbiyot birlashmasi tugʻruq kompleksi ginekologiya boʻlimiga yotqizilgan. Bir necha kun oʻtib bemor ahvoli ogʻirlashgandan soʻng tugʻruq kompleksining jonlantirish boʻlimiga oʻtkaziladi. 17 may kuni esa bemorda burundan qon ketish alomatlari boshlangach, viloyat maslahat guruhining gematolog va LOR shifokorlari tomonidan koʻrikdan oʻtkazilib, “Homiladorlik 17 haftalik, burundan qon ketishi, D.V.S gipokogulyatsiya bosqichi” tashxisi qoʻyilgan.  

Bemorga 18 may kuni intensiv muolajalar hamda 1,5 litr qon zardobi va 500 ml eritrotsitar massa quyilgan. Bemor 19 may kuni “Oʻtkir yurak yetishmovchiligi, DVS sindromi” natijasida vafot etgan.

“Bemorda qon ketish alomatlari va inʼyektsiya qilingan joylarda qon talashlar boʻlganligini inobatga olib, patologoanatomik boʻlimda murdadan arboviruslarga tekshirish uchun qon namunasi olingan. Qashqadaryo viloyat DSENMning oʻta xavfli yuqumli kasalliklarni tekshirish laboratoriyasiga yuborilgan qon namunalari tekshirilganda Qrim-Kongo gemmoragik isitma kasalligi alomatlari aniqlangan”, - deyiladi xabarda.

Xabarda mazkur kasallikning yuqish xavfi yuqoriligi bois marhum bemorning oila aʼzolari va u bilan muloqotda boʻlganlar tibbiy koʻrikdan oʻtkazilganda ularga Qrim-Kongo gemmoragik isitma kasalligi yuqmaganligi aniqlangani qayd etilgan.

Asosiy mavzular