Sergelida buzilayotgan yog‘ochli uylar to‘g‘risida izoh berildi

CC0 / Pixabay / Zabroshenniy dom
Zabroshenniy dom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hozirgi kunda yog‘ochli uylarda istiqomat qilgan 32 oiladan 29 tasi qulay, sifatli va maydoni kattaroq bo‘lgan yangi uylarga ko‘chirilgan.

TOShKENT, 24-may - Sputnik. Toshkent shahar hokimligi ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilingan masala yuzasidan voqea joyiga chiqib, yog‘och uylarning buzilishiga oid masalani o‘rgandi va muddatdan oldin demontaj ishlari boshlanganligi haqidagi ma’lumotga izoh kiritdi. 

Xokim Tashkenta Djaxongir Artikxodjayev vstretilsya s bivshimi jilsami doma №78 na Anxore - Sputnik O‘zbekiston
Ortiqxo‘jayev mutasaddilarni tanqid qilib, aholi muammosini hal qilishni topshirdi

Ma’lum qilishicha, 5-uy 7-xonadon egasi Usmon Mo‘minovga buzilayotgan 3 xonali uy-joyi o‘rniga umumiy maydoni kattaroq bo‘lgan 28 ta ko‘p qavatli uyning yuqori qavatlaridan xonadonlar taklif etilgan. Biroq, rafiqasi diabet kasalliga yo‘liqqani sababli u pastki qavatlardan 3 xonali uy so‘ramoqda. Ikki kun davomida Mo‘minovlar oilasi o‘zlari tanlagan yangi uyga ko‘chishadi.

22-uy, 6-xonadon egasi Otabek Niyozaliyev eski, yong‘in xavfli yuqori bo‘lgan yog‘och uylardan qulay sharoitli, sifatli, yangi uylarga ko‘chayotganidan xursandligini bildirgan. Lekin unga ko‘chishdan oldin yangi uyga egalik xuquqini ta’minlaydigan hujjatni taqdim etishlarini so‘ramoqda. Mas’ullar tez orada bu muammo hal etilishini aytishgan.

“Shuningdek, hokimiyat tomonidan fuqarolar yashab turgan uyda muddatdan oldin demontaj ishlarini boshlab yuborgan mutasaddi shaxslarga nisbatan tegishli tartibda chora ko‘rildi”, - deyiladi xabarda.

Xabarda ta’kidlanishiga ko‘ra, hozirgi kunda yog‘ochli uylarda istiqomat qilgan 32 oiladan 29 tasi qulay, sifatli va maydoni kattaroq bo‘lgan yangi uylarga ko‘chirilgan. Yangi qurilgan uylarga qo‘chirilgan 18 nafar xonadon egalarida tuman hokimi o‘rinbosari tomonidan imzolangan kafolat xati mavjud. 

Xabarda bir yarim oy muddat ichida ushbu oilalarga ham mulk xuquqini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilishi qo‘shimcha qilingan.

Yangiliklar lentasi
0