Fohishaxona ochgan ayolga 360 soat majburiy jamoat ishlari jazosi tayinlandi

© Fred DUFOUR / AFPDevushka legkogo povedeniya
Devushka legkogo povedeniya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Aniqlanishicha, ayol turmushidan ajrashgan bo‘lib, yaqinda ijaraga olgan xonadonni oson pul topish niyatida fohishaxonaga aylantirgan ekan.

TOShKENT, 24-may - Sputnik. Samarqandlik ayol uyida fohishaxona ochganligi tufayli 360 soat majburiy jamoat ishlariga jalb qilinadigan bo‘ldi, deb xabar berdi "Zarafshon" nashri.

Prostitutka, ojidayushaya kliyentov.  - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda fohishabozlikka qarshi qat’iy choralar ko‘rish taklif etildi

Xabarda aytilishicha, ayol o‘zi ijarada turadigan xonadonda "sevishganlar dam olishi uchun" sharoit yaratib bergan.

Ayolni qo‘lga olish maqsadida, tezkor tadbir rejasi ishlab chiqilgan. Unga ko‘ra, IIB tomonidan yigit va qiz roliga “Fedya” va “Mahliyo” ismli shaxslar jalb qilingan.

Fedya va Mahliyo Kimogarlar qo‘rg‘onidagi ko‘p qavatli uylardan biriga kelib, xonadon egasiga 100 ming so‘m pul beradilar va buning evaziga ularga bir xona ajratiladi.

Shundan so‘ng "sevishganlar" ketidan xonadonga IIB xodimlari kelishadi.

Ijara uyida fohishaxona ochgan ayol ustidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Aniqlanishicha, ayol turmushidan ajrashgan bo‘lib, Narpay ko‘chasidagi ushbu xonadonni yaqinda ijaraga olgan va oson pul topish niyatida uyini fohishaxonaga aylantirgan ekan.

Sudda guvohlarning bergan ko‘rsatmalari asosida ayolning aybi o‘z isbotini topdi. Sud hay’ati ayolga nisbatan Jinoyat Kodeksining 131-moddasi, 2-qismi bilan 360 soat majburiy jamoat ishlari jazosi tayinladi.

Yangiliklar lentasi
0