09:33 19 Noyabr 2019
Efir
  • RUB149.01
  • EUR10498.56
  • USD9500.96
Shavkat Mirziyoyev posetil Studencheskiy gorodok Tashkenta

Aerokosmik va internet laboratoriyalar: Mirziyoyev Talabalar shaharchasiga tashrif buyurdi

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Jamiyat
Havola olish
29410

Mirziyoyev 24 may kuni Toshkentdagi Talabalar shaharchasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.

TOSHKENT, 24 may – Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24 may kuni Toshkentdagi Talabalar shaharchasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Talabalar shaharchasi mamlakatdagi yirik taʼlim va ilm-fan maskanidir. Bu yerda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, kollej va litseylar, sport majmualari joylashgan. Ikki universitetda qariyb 25 mingga yaqin talaba tahsil olmoqda. 

Shavkat Mirziyoyev posetil Studencheskiy gorodok Tashkenta
Shavkat Mirziyoyev posetil Studencheskiy gorodok Tashkenta

Prezident tashabbusi bilan shaharcha hududining boshlanishida, “Beruniy” metro bekati yonida Beruniy maydoni barpo etildi. Davlat rahbari ushbu majmuani koʻzdan kechirdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 2 dekabr kuni Talabalar shaharchasiga tashrif buyurib, Innovatsion rivojlanish vazirligi uchun bino qurish boʻyicha koʻrsatmalar bergan edi.

Shavkat Mirziyoyev posetil Studencheskiy gorodok Tashkenta
Shavkat Mirziyoyev posetil Studencheskiy gorodok Tashkenta

Shunga muvofiq bu yerda besh qavatli zamonaviy bino bunyod etilmoqda. Vazirlikda iqtisodiyot tarmoqlarining innovatsion ehtiyojlarini oʻrganish, yoshlar innovatsion gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash xizmatlari, masofaviy taʼlim kurslari yoʻlga qoʻyiladi. Yangi ishlanma va texnologiyalar namoyishi, startap loyihalar iqtidorli yoshlarda ilmiy-tadqiqot koʻnikmalarini shakllantirishga yordam beradi. 

Binoning birinchi qavatida kutubxona, amfiteatr, xoll, koʻrgazmalar zali joylashadi. Yuqori qavatlarda kovorking va startap hududlar, internet laboratoriyalar, anjuman zallari boʻladi. Aerokosmik laboratoriya, ustaxona, reklama agentligi ham tashkil etiladi.

Shavkat Mirziyoyev posetil Studencheskiy gorodok Tashkenta
Shavkat Mirziyoyev posetil Studencheskiy gorodok Tashkenta

“Vazirlikni bejiz Talabalar shaharchasiga joylashtirmadik. Bu yerdagi oliy oʻquv yurtlarida minglab iqtidorli yoshlar, tadqiqotchilar, olimlar bor. Ularni jalb etib, qoʻllab-quvvatlab, har bir sohada yangilik yaratish kerak. Innovatsion rivojlanish vazirligi bu borada ilmiy markaz, baza boʻlishi zarur,” - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Asosiy mavzular