19:57 19 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Kupyurы nomiralom pyatdesyat tыsyach sum

Oʻzbekistonda fan doktorlari maoshi 60 foizga oshiriladi

Sputnik
Jamiyat
Havola olish
523 0 0

Mirziyoyev oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari, akademiklar, olimlar, yosh tadqiqotchilar bilan uchrashdi.

TOSHKENT, 24 may - Sputnik. Oʻzbekistonda joriy yil 1 sentyabrdan fan nomzodlarining oylik maoshlariga 30 foiz, fan doktorlari uchun esa 60 foizga oshiriladi.

“Prezident joriy yil 1 sentyabrdan barcha davlat tashkilotlarida ilmiy-pedagogik faoliyat bilan shugʻullanayotgan, taʼlim va ilm-fan sohasida faoliyat olib borayotgan fan nomzodlarining oylik maoshlariga 30 foiz, fan doktorlari uchun esa 60 foiz ustama haqi belgilashni taklif qildi” – deyiladi davlat rahbari saytida.

Shuningdek, prezident Talabalar shaharchasi hududida professor-oʻqituvchilar, yosh tadqiqotchilar uchun 6 ta koʻp qavatli uy va barcha sharoitlarga ega universal sport majmuasi qurish boʻyicha topshiriq berdi. Shaharchada Yoshlar bogʻi, yozgi tomoshalar maydonchasi, “kitob-kafe”lar, Wi-Fi zonalarini tashkil etish va obodonlashtirish boʻyicha vazifalar belgilandi.

Bundan tashqari, Milliy universitetida oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari, akademiklar, olimlar, yosh tadqiqotchilar bilan uchrashuv chogʻida izlanuvchan olimlarni ragʻbatlantirish maqsadida ilmiy ishlanma yaratgan tadqiqotchiga doktorlik va uni amaliyotga tatbiq etgan izlanuvchiga tayanch doktorlik ilmiy darajasini beradigan binar (ikkitalik) himoya tizimini joriy etish, byudjet mablagʻlari hisobidan stajyor-tadqiqotchilar institutini hamda yurtimiz biologik xilma-xilligini oʻrganadigan dala-tajriba stantsiyalari tashkil etish muhokama qilindi.

Eslatib oʻtamiz, ilmiy xodimlarning oylik maoshlari oʻtgan yil 1 sentyabrdan oʻrtacha 25 foizga, joriy yil 1 yanvardan 20 foizga oshirilgan edi. Joriy yilning 1 iyuldan esa yana 25 foizga koʻtarilishi kutilmoqda. 

Asosiy mavzular