15:18 09 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99
Ministr zanyatosti i trudovыx otnosheniy Uzbekistana Sherzod Kudbiyev

Oʻzbekistonning qaysi regionida ishsizlik darajasi yuqori - Kudbiyev hisoboti

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Jamiyat
Havola olish
969 0 0

Vazir hisobotiga koʻra, iqtisodiyotning norasmiy sektorida bandlar – 7 964 ming (59,5%), shu jumladan, xorijda ishlayotganlar – 2 365,4 mingni tashkil etadi.

TOSHKENT, 25 may - Sputnik. Oʻzbekistonda eng yuqori ishsizlik Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Andijon, Qashqadaryo, Samarqand, Sirdaryo va Fargʻona viloyatlarida (9,7%) qayd etilgan, deb hisobot qilgan Oliy Majlisda Oʻzbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev.

Vazir oʻz hisobotida hozirgi kunda mehnatga layoqatli aholi soni – 18 954 ming (oʻsish - 1,0%)ni, band aholi soni – 13 376 ming (oʻsish - 1,3%)ni tashkil etishini aytgan.

Rasmiy sektorda bandlar – 5 403 mingkishini tashkil etib (oʻsish - 3,4%), rasmiy bandlikning umumiy bandlikdagi ulushi 40,5%nitashkil etmoqda. Iqtisodiyotning norasmiy sektorida bandlar – 7 964 ming (59,5%), shu jumladan, xorijda ishlayotganlar – 2 365,4 mingni tashkil etadi.

Joriy yil birinchi chorakda ishsizlik darajasi 9,4 %ni tashkil etdi (oʻtgan yil shu davrda - 9,7%), 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar orasida – 15,3 %, ayollar orasida – 13 %.

Eng yuqori ishsizlik Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Andijon, Qashqadaryo, Samarqand, Sirdaryo va Fargʻona viloyatlarida (9,7%) qayd etilgan. Ishga muhtoj aholi soni – 1 million 391 ming kishi.

Hisobot doirasida Oʻzbekiston mehnat bozorining holati, ishga joylashtirish, yangi ish oʻrinlarini tashkil etish boʻyicha ilk bor joriy qilingan davlat buyurtmasi mexanizmi, mehnat migratsiyasi, kasbga oʻqitish va tayyorlash, mehnat bozoridagi faol siyosatni moliyalashtirish va xususiy bandlik agentliklari faoliyatiga doir soʻnggi uch-toʻrt oyda amalga oshirilgan ishlar tahliliy-tanqidiy yoritilgan.

Asosiy mavzular