16:08 09 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99

Ucell kompaniyaci direktori sof oʻzbek tilida maktab oʻquvchilariga murojaat qildi

Fb
Jamiyat
Havola olish
61910

Ucell kompaniyaci direktori Vladimir Kravchenkoning oʻzbek tilida gapirishiga internet foydalanuvchilari qoyil qoldi.

TOSHKENT, 26 may – Sputnik. Fargʻona viloyati Qoʻqon shahridagi 32 maktab oʻquvchilariga Ucell kompaniyasi tomonidan sovgʻalar topshirildi. Sovgʻalarni kompaniya direktori Vladimir Kravchenkoning shaxsan oʻzi topshirdi.

Sovgʻalarni topshirar ekan Kravchenko maktab oʻquvchilariga yozgi taʼtilni maroqli oʻtkazishni, bitiruvchilarga oliygohlarga kirishda omad tiladi.

Shundan soʻng kompaniya direktori maktab oʻqituvchilariga ham oʻzining iliq soʻzlarini va kompaniya sovgʻalarini yetkazdi. Yusel rahbari oʻz nutqini "Ustoz - otangdan ulugʻ" degan soʻzlar bilan boshlab, oʻqituvchilarga uzoq yillar davomida yosh avlodga bilim va tarbiya berishda charchamaslikni tiladi. 

Vladimir Kravchenko Ucell kompaniyasi tomonidan ushbu maktabga 1000dan ortiq kitoblar sovgʻa qilinishini, maktab  binosining har bir qavatiga Wi-Fi routerlari oʻnatib ular orqali bepul internet tarqatishni hamda yangi oʻquv yilidan yangi kompyuter sinfxonasi ochib berishni vaʼda berdi.

Vladimir Kravchenko 1985 yilda Oʻzbekistonda tugʻilgan. U Toshkentdagi Vestminister universitetini tamomlab Uzmobile kompaniyasida ishlagan. 2018 yilning dekabr oyida Ucell kompaniyasi direktori v.b. lavozimiga tayinlangan.  

Asosiy mavzular