23:00 05 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99
Salon avtobusa

Samarqanddagi transportlarda Visa kartalari orqali yoʻlkira toʻlovlari ishga tushirildi

© Sputnik / Yevgeniy Samarin
Jamiyat
Havola olish
85 0 0

Samarqand shahridagi TEZCARD tizimiga jami 500 ga yaqin avtobus va tramvay ulangan.

TOSHKENT, 27 may – Sputnik. Visa kartalarining egalari Samarqand shahridagi jamoat transportida yoʻlkira toʻlovlarini TezCard tizimi orqali amalga oshirishlari mumkin. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda yozilishicha, buning uchun ular oʻz Visa kartalarini TezCard  terminali — validatoriga tekkizishlari kifoya qiladi.

“Ushbu innovatsion yechim, Visa  global toʻlov texnologik kompaniyasi va Orient Finans Bank bilan yaqin hamkorlikda erishilgan boʻlib, Oʻzbekiston tarixida butun bir shaharning jamoat transporti kabi keng koʻlamli va perspektiv yoʻnalishni qamrab oluvchi ilk loyiha boʻlmoqda”, - deyiladi xabarda.

Maʼlum qilinishicha, bugungi kunda Samarqand shahridagi TezCard tizimiga jami 500 ga yaqin avtobus va tramvay ulangan. TezCard kartalari esa shaharning turli joylaridagi 15 savdo nuqtalarida sotib olish imkoni joriy qilingan.

Asosiy mavzular