08:46 09 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99
Vid na Tegeran. Arxivnoye foto

Eron qoʻshni davlatlarni hujum qilmaslik shartnomasi imzolashga chaqirdi

© Flickr / Kamyar Adl
Jamiyat
Havola olish
349 0 0

AQShning Fors koʻrfaziga 1500 nafar askar joʻnatishga javoban Eron, qoʻshni davlatlarga bir-biriga hujum qilmaslik haqida shartnoma imzolashni taklif qildi.

TOSHKENT, 27 may – Sputnik. Eron Fors koʻrfazi mamlakatlariga oʻzaro hujum qilmaslik shartnomasi imzolashni taklif qildi, RIA Novosti xabariga asosan. 

Eron tashqi ishlar vaziri Javad Zarif aytishiga qaraganda, Tehronning ushbu tashabbusi hududda barqarorlik oʻrnatishga qaratilgan.

Eslatib oʻtamiz, may oyining boshida BAAda Saudiya neft tankerlariga hamda neft quvurlariga nomaʼlum shaxslar tomonidan hujumlar uyushtirilgan edi. Keyinroq AQSH hukumati ushbu hujumlarda Eron qoʻli bor deb xabar tarqatdi. Saudiya qiroli Arab mamlakatlari rahbarlarining favqulodda majlisini chaqirgan edi. 24 may kuni esa AQSH Fors koʻrfaziga 1500 nafar harbiylarni olib kelishini eʼlon qildi.

Amerikanskiye bronetransporterы.
© Sputnik / Oksana Djadan

Ekspertlar fikriga koʻra, AQSH Eronga qanchalik poʻpisa qilmasin, Fors koʻrfaziga harbiy kemalarini keltirmasin – Eron bilan toʻgʻridan-toʻgʻri jang qilishni istamaydi. AQSH birovlar qoʻli bilan, ushbu holda arab mamlakatlari qoʻli bilan Eronga  zarba berishni istaydi.

Aynan shu sababli Eronning ushbu tashabbusi oʻrinli va toʻgʻri qadamdir. Bu bilan Tehron birinchidan – oʻzining tinchlik tarafdori ekanini koʻrsatdi, ikkinchidan esa Iroq va Qatar kabi mamlakatlar ushbu shartnomani imzolab, Eronning ittifoqchisiga aylanishlari mumkin. Kelajakda esa, ushbu shartnomani BAA va Ummon ham qoʻllab-quvvatlashi mumkin.  

Asosiy mavzular