Nahotki shahrimiz yo‘llarida tartib bo‘lishi uchun doim formalik odam bo‘lishi kerak? - IIBB

© GUVD TashkentaV Tashkente snova proshla "chistka" rinkov ot mashin
V Tashkente snova proshla chistka rinkov ot mashin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
IIBB shanba kunidan boshlab Toshkent bozorlari oldida tartib o‘rnatishga qattiq kirishdi.

TOShKENT, 28-may – Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda bildirilayotgan noroziliklar va to‘g‘ridan-to‘g‘ri kelib tushayotgan shikoyatlarga asosan Toshkent shahar IIBB 25-may shanba kunidan boshlab “Toshkent ipak yo‘li”, “O‘rikzor”, “Farxod”, “Qo‘yliq”, “Yunusobod” – jami 14ta yirik bozorlar atrofida tartib o‘rnatishga qat’iyan kirishdi, deb xabar qilmoqda boshqarma matbuot xizmati.  

To‘xtash va to‘xtab turish qoidalarini buzgan haydovchilarga, belgilanmagan joydan yo‘lni kesib o‘tgan piyodalarga, yo‘l chetida va yer-osti yo‘laklarda noqonuniy savdo bilan shug‘ullanuvchi shaxslarga nisbatan choralar ko‘rildi.

“Huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari patrul olib boradigan kunlarda tartib darajasi oshmoqda. Ammo nahotki shahrimiz yo‘llarida tartib bo‘lishi, yo‘llar xavfsiz bo‘lishi uchun doim formalik odam bo‘lishi kerak?”, - deb fuqarolarga murojaat qilgan IIBB.

Ijtimoiy tarmoqlarda xorijiy shaharlar yo‘llaridagi tartib aks etgan surat va videolarni tarqatishganda biror kim o‘ylab ko‘rarmikan: nima sababdan ularda tartib bor-u, bizda yo‘q?

© GUVD TashkentaV Tashkente snova proshla "chistka" rinkov ot mashin
Nahotki shahrimiz yo‘llarida tartib bo‘lishi uchun doim formalik odam bo‘lishi kerak? - IIBB - Sputnik O‘zbekiston
V Tashkente snova proshla "chistka" rinkov ot mashin

Javob esa ravshan – ularda yo‘l harakati qoidalarini buzish mumkin emas. Bu esa inson madaniyati va ko‘rgan tarbiyasini aks etadi. Ularda bozor, maktab, bolalar bog‘chasi darvozasi, ofis eshigi yaqiniga avtomobilni taqab haydab kelish hech kimning hayoliga ham kelmaydi. Chunki ular o‘zlariga qulay joyda mashina qoldirish boshqalar uchun noqulaylik tug‘dirishini bilishadi. Bu o‘zgalarni hurmat qilmaslikning alomatidir. Shu tariqa inson o‘zini tarbiyasizligini ko‘rsatib qo‘yadi.

© GUVD TashkentaV Tashkente snova proshla "chistka" rinkov ot mashin
Nahotki shahrimiz yo‘llarida tartib bo‘lishi uchun doim formalik odam bo‘lishi kerak? - IIBB - Sputnik O‘zbekiston
V Tashkente snova proshla "chistka" rinkov ot mashin

Biz ham bir-birimizni hurmat qilaylik. Avtomobillarni maxsus ajratilgan joylarda qoldirib, kerakli joygacha piyoda yetib boraylik. Bu sog‘liq uchun ham foydali bo‘libgina qolmay, o‘zgalar uchun ibrat ham bo‘ladi.

Albatta, bozor atroflarida avtomobillar turar joyi yetishmovchilik muammosi ham bor. Undan tashqari piyodalar ham 200-300 metr naridagi yer osti yo‘lagidan foydalanishga erinadi. Ushbu muammolarni ham hal qilish kerak.

© GUVD TashkentaV Tashkente snova proshla "chistka" rinkov ot mashin
Nahotki shahrimiz yo‘llarida tartib bo‘lishi uchun doim formalik odam bo‘lishi kerak? - IIBB - Sputnik O‘zbekiston
V Tashkente snova proshla "chistka" rinkov ot mashin
Yangiliklar lentasi
0