O‘zbekistonda davlat xizmatchilarining daromadlari deklaratsiya qilinadi

© Sputnik / Mixail Kutuzov / Mediabankka o‘tishDenejnie kupuri i moneti raznix stran
Denejnie kupuri i moneti raznix stran - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezident farmoniga ko‘ra, tegishli sohada korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga imkon yaratayotgan sabablar va shart-sharoitlarni tag-tomiri bilan yo‘qotish davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining birinchi darajadagi muhim vazifasi hisoblanadi.

TOShKENT, 29-may – Sputnik. Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risi”da farmonni imzoladi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanalida xabar qilindi.

Farmon bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • 2019-2020 yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat dasturi;
  • Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasining yangilangan tarkibi.

Davlat dasturining har bir bandi bo‘yicha maqsadlarga erishishda samaradorlik indikatorlari ishlab chiqiladi. 

Shuningdek, hududlarda ham xalq deputatlari Kengashlari tarkibida korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyalari tashkil etilib, ular joylarda ushbu sohadagi ishlarning holatini kompleks o‘rganib boradi. 

Andrey Manoylo - Sputnik O‘zbekiston
Manoylo: Mirziyoyev korrupsiyaga qarshi yaxshi ishlaydigan tizimni vujudga keltirdi

Farmonga asosan 2019-yil 1-sentabrdan boshlab, yoshlarga korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy ta’lim berish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilib, tatbiq etiladi. 

Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi va oliy ta’lim muassasalarining o‘quv dasturlarida korrupsiyaga qarshi mavzular yanada kuchaytiriladi. 

2019 yil 1-avgustdan boshlab eksperiment tariqasida dastlabki bosqichda kapital qurilish va oliy ta’lim sohalarida “Korrupsiyasiz soha” loyihasi amalga oshiriladi, 2020-yil 1-apreldan boshlab esa loyiha boshqa sohalarga ham bosqichma-bosqich joriy etiladi. Prezident farmoniga ko‘ra, tegishli sohada korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga imkon yaratayotgan sabablar va shart-sharoitlarni tag-tomiri bilan yo‘qotish davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining birinchi darajadagi muhim vazifasi hisoblanadi.

2019 yil 1-iyuldan boshlab davlat organlari zimmaga yuklangan vazifa va funksiyalarni amalga oshirishda yuzaga keladigan korrupsiya xavf-xatarlarini majburiy baholab boradi. 

Bunda davlat organlari: 

  • korrupsiya xavf-xatariga eng ko‘p duch keladigan davlat xizmatchilarining faoliyat sohalari va lavozimlari, shuningdek, ularning funksiyalari (vakolatlari)ning ro‘yxatini shakllantiradi;
  • idoraviy korrupsiyaga qarshi kurashish dasturlari ijrosining har choraklik monitoringini amalga oshiradi va korrupsiyaviy xavf-xatarlarni minimum darajaga tushirish choralarini ko‘radi.

“Muayan toifadagi davlat xizmatchilarining mulki va daromadlarini deklaratsiya qilish tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi”, - deyiladi hujjat matnida.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda Adliya vazirligi tomonidan korrupsiyaga oid huquqbuzarlik holatlari haqidagi xabarlar o‘z vaqtida yetkazilishinini ta’minlash maqsadida telegram ijtimoiy tarmog‘ida “@antikorbot” nomli maxsus bot yaratilgani xabar qilingan edi.

Shuningdek. Parij shahrida bo‘lib o‘tgan Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari uchun Korrupsiyaga qarshi kurashish tarmog‘ining Istanbul harakatlar rejasining 20-monitoring uchrashuvida O‘zbekiston erishgan yutuqlarga ijobiy baho berilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0