19:35 19 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24

Sovgʻalar va katta bayram: bolalarni himoya qilish kunida oʻtkaziladigan tadbirlar

Foto: Ramiz Baxtiyarov
Jamiyat
Havola olish
13410

Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan poytaxtdagi istirohat bogʻlarida “Farzandlarimizga baxtli bolalikni ulashaylik” aktsiyasi doirasida koʻngilochar tadbirlar va bayram tomoshalari namoyish etiladi.

TOSHKENT, 29 may – Sputnik. Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi matbuot xizmati Toshkentda bolajonlar uchun oʻtkaziladigan bayram tomoshalari haqida xabar qildi.

1 iyun kuni soat 10.00 da Mudofaa vazirligi tomonidan quyidagi istirohat bogʻlarida bayram tadbirlari namoyish etiladi:

1.  Mirzo Ulugʻbek tumanidagi “Mirzo Ulugʻbek” istirohat bogʻi;

2.  Shayxontohur tumanidagi “Anxor-Lokomotiv” istirohat bogʻi;

3.  Chilonzor tumanidagi “Gʻofur Gʻulom” istirohat bogʻi.

Bayram tadbirlari davomida bolajonlar va taniqli sport ustalari oʻrtasida turli bellashuv va musobaqalar oʻtkaziladi, musiqa, rassomchilik boʻyicha isteʼdodlilar aniqlanib, ularga esdalik sovgʻalari topshiriladi, va albatta, kursantlarning koʻrgazmali chiqishlari namoyish etiladi.

“Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli hamda Mudofaa vazirligi harbiy orkestrlari oʻzlarining tantanavor chiqishlari bilan yigʻilganlarga aʼlo kayfiyat ulashishi rejalashtirilgan.

Yana bir muhim sovgʻa — “Turon” harbiy-teatr studiyasi bolajonlarga moʻljallangan sahna koʻrinishlari bilan kunning unutilmas tarzda oʻtishini taʼminlaydi”, - deyilgan xabarda.  

Asosiy mavzular