22:25 21 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24

Qanday qilib qorinni yoʻqotsa boʻladi: olimlar eng samarali usulni aniqladi

© Fotolia / Sentello
Jamiyat
Havola olish
296110

Olimlar fikriga koʻra, kuniga uch marta qisqa mashqlar qorin qismida yogʻni yoʻqotish uchun yordam beradi.

TOSHKENT, 29 may – Sputnik. Amerikalik olimlar qorin qismidagi yogʻni yoʻqotish uchun kisqa mashqlar yordam berishi haqida xulosaga kelishdi. Bu haqda MedicalXpress xabar qildi.

Mutaxassislarning fikriga koʻra, yosh oʻtishi bilan mushak massasi qisqarishi kuzatiladi va bu oʻz navbatida koʻp hollarda qorin va badaning tepa qismida yoq toʻplanishiga olib kelishi mumkin.

Bu qorin semizligi deyiladi, bu esa yurak-qon kasalliklari rivojlanish xavfini oshiradi.

Olimlar tadqiqot oʻtkazdi, unda 70 yoshli kishilar ishtirok etdi.

Ularning yarmi 10 hafta mobaynida kuniga 3 marta qisqa mashqlarni bajarishadi. Qolganlar esa odatdagi hayot tarzini olib borishadi.

Boshida mashqlar 18 daqiqa davom etdi, biroq asta-sekin ularning davomiyligi 36 daqiqaga yetdi.

Tadqiqot natijalariga koʻra, sport bilan shugʻullanganlarning yogʻ massasi turmush tarzini oʻzgartirmagan kishilar bilan taqqoslaganda uchdan bir qismga kamaygani maʼlum boʻldi. Shuningdek, ularning mushaklari ham koʻpaydi.

Shu bilan birga, mutaxassislar taʼkidlashicha, qisqa mashqlar erkaklarda eng samarali natija berdi.

Bundan avval Sputnik olimlar tadqiqotiga asosan koʻrish qobiliyatini keskin yomonlashuviga olib kelishi mumkin boʻlgan mahsulotlar haqida xabar qilgandi.

Asosiy mavzular