20:58 19 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Щenok

Oʻzbekistonda hayvonlarga ozor berganlar uchun jazo kuchaytirildi

© Sputnik / Aleksandr Polegenko
Jamiyat
Havola olish
137 0 0

Oʻzbekistonda hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlganlik uchun 15 sutkagacha maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.

TOSHKENT, 29 may – Sputnik. Oʻzbekistonda hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi.

Bu prezident imzolagan “Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonunda nazarda tutilgan. Hujjat matni OʻzA tomonidan keltirilgan.

“Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlish ularning oʻlimiga yoxud mayib boʻlishiga olib kelsa, xuddi shuningdek hayvonlarni qiynash, –

eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;

shuningdek:

“Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa yoxud ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik voyaga yetmagan shaxs hozirligida sodir etilgan boʻlsa, –

eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi”, - deyiladi hujjat matnida.

Eslatib oʻtamiz, Toshkent shahar IIBB hayvonlarga shafqatsiz munosabatda boʻlish va hayvonlar janglari tashkilllashtirishga qarshi qaratilgan qonun ishlab chiqish boʻyicha taklif tayyorlayotgani haqida xabar qilingan edi.

Koʻrgazma niqobi ostida itlar jangi tashkil qilgan fuqarolar jazolandi

Oʻzbekiston qonunchiligida hayvonlar janglarini taʼqiqlovchi qonun yoʻq, lekin hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlish haqidagi qonun bor. Unga koʻra aybdor EKIHning 0,5 – 2 miqdorida jazolanishi mumkin edi.

2018-yilda Mening Fikrim saytida “Hayvonlarni himoya qilish toʻgʻrisida” qonun qabul qilish tashabbusi ilgari surilgan edi.

Petitsiya mualliflari hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlganlarga nisbatan javobgarlik chorlarini kuchaytirish, uysiz qolgan hayvonlarning koʻpayishini nazorat qilish dasturini qabul qilish, uysiz havonlarning qonuniy mavqeini belgilash va ularni vaqtincha saqlash punktlari ochishni taklif qilishgan edi.

Asosiy mavzular