09:54 15 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55

"Tez yordam" uchun “propiska” kerak emas – Sogʻliqni saqlash vazirligi

XS
Jamiyat
Havola olish
164 0 0

Tez tibbiy xizmat koʻrsatishda "propiska" bilan bogʻliq masalalarning roʻkach qilinishi qonunbuzarlik hisoblanadi – SSV.

TOSHKENT, 29 may – Sputnik. Tez yordam xizmatidan foydalanish uchun “propiska” kerak emas deb xabar qildi Sogʻliqni saqlash vazirligi “Xalq soʻzi” nashriga.

Bir necha kun oldin  ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda tez yordam xizmati xodimlari tomonidan bemorlarni “propiska”si yoʻqligini roʻkach qilib kasalxonaga olib ketishdan voz kechish holatlari qizgʻin muhokamaga sabab boʻlgan edi.

Sogʻliqni saqlash vazirligi ushbu holatga aniqlik kiritdi:

“Tez tibbiy yordam xizmatining asosiy vazifasi fuqaroning hayotiga xavf tugʻdiradigan holatlarda birinchi tibbiy yordamni koʻrsatishdir. Ushbu tibbiy yordam barcha holatlarda – bemor Oʻzbekiston fuqarosimi yoki chet ellik mehmonmi, bundan qatʼiy nazar bepul koʻrsatiladi”, - deyilgan xabarda.  

Xabarda aytilishiga koʻra, tez yordam xodimlari chaqiriq qogʻozida bemorning “roʻyxatga olingan manzili” grafasi bor. Tez yordam xodimlari faqat “roʻyxatga olingan manzili” grafasini toʻldirish uchun “prospiska”  soʻrashi mumkin. 

“Toshkent shahriga mehmon boʻlib kelganlar va muayyan joyda vaqtinchalik roʻyxatda turuvchilarga Toshkent shahrida doimiy propiskasi boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng tartibda tibbiy yordam koʻrsatiladi. Bu masalada qonunchiligimiz insoniylikning shu darajada choʻqqisiga chiqqanki, hattoki propiska u yoqda tursin, shaxsning fuqaroligi ham tez tibbiy yordam koʻrsatish jarayonida ahamiyatga ega emas”, - oshkent shahar tez tibbiy yordam stantsiyasi boʻlim mudiri Nasiba Mahmudova.

Bemorga joyida yordam koʻrsatilgach, shifoxonaga olib borish talab qilinadigan holatlar mavjud boʻlsa, Sogʻliqni saqlash vazirligining tegishli hujjatlariga asosan tez tibbiy yordam xodimi bemorni Toshkent shahrida joylashgan shifoxonalarga olib borishi lozim, – deydi Sogʻliqni saqlash vazirligi yuridik boʻlimi boshligʻi Ruslan Muhammadiyev.

Tez tibbiy xizmat koʻrsatishda propiska bilan bogʻliq masalalarning roʻkach qilinishi qonunbuzarlik hisoblanadi.

Skoraya pomoщ

Asosiy mavzular