22:59 05 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99
Operatsiya

Tomskda shifokorlar oʻquvchi qiz oshqozonidan yarim kilo soch chiqarib tashlashdi

© Sputnik / Konstantin Chalabov
Jamiyat
Havola olish
54110

Tomskda 16 yoshli oʻquvchi qizning oshqozonidan yarim kilo sochni chiqarib tashlashdi.

TOSHKENT, 29 may – Sputnik. Tomskda shifokorlar 16 yoshli oʻquvchi qizning oshqozonidan yarim kilo soch toʻpini chiqarib tashlashdi.

Shifokorlarning soʻzlariga koʻra, maktab oʻquvchisi besh yil davomida oʻz sochini chaynagan. Shu vaqt davomida sochlar oshqozonda toʻplangan, oqibatda oshqozon 80 foizini toʻldirdi.

Dastlab u soch toʻkilishi haqida mutaxassislarga murojaat qiladi. Biroq tibbiy koʻrikda oʻquvchi qizda anemiya va oshqozonda  begona jism – trixobezoar aniqlandi.

Bosh shifokor Andrey Karatayevning soʻzlariga qaraganda, bunday katta oʻlchamdagi soch toʻpi oshqozon-ichak traktini toʻsib qoʻyishi mumkin edi, shuning uchun bemorga zudlik bilan jarrohlik amaliyotini oʻtkazishga qaror qilindi.

Jarrohlar qorin devorini kesib, oshqozon boʻshligʻini ochishdi.

Hozirgi vaqtda qiz oʻzini qoniqarli darajada his etmoqda.

Bu holat qaytarilmasligi uchun unga psixiatr yordami kerak boʻlishi mumkin deya qoʻshimcha qildi shifokorlar.

Shuningdek, Tomskda bu kabi kasallik soʻnggi 25 yilda ikkinchi marta qayd etildi.

Asosiy mavzular