14:55 09 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99
Skanirovaniye shtrix-kodov

Mahsulotlarni ixtiyoriy ekologik markirovkalash tizimi joriy etiladi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich
Jamiyat
Havola olish
131 0 0

Mahsulotlarni ekologik markirovkalash akkreditatsiyadan oʻtkazilgan ekologik markirovkalash organlari tomonidan amalga oshiriladi.

TOSHKENT, 29 may – Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasida mahsulotlarni ixtiyoriy ekologik markirovkalash tizimini joriy etish toʻgʻrisida hukumat qarori qabul qilindi. 

Qarorga muvofiq, 2020 yil 1 yanvardan boshlab Oʻzbekistonda xalqaro standartlar talablariga asoslangan mahsulotlarni ixtiyoriy ekologik markirovkalash tizimi joriy etiladi. 

Mahsulotlarni ekologik markirovkalash akkreditatsiyadan oʻtkazilgan ekologik markirovkalash organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Ishlab chiqarish, foydalanish, isteʼmol qilish, tashish, saqlash va utilizatsiya qilishda atrof-muhitga, aholi sogʻligʻiga va biologik resurslarga eng kam zararli taʼsir koʻrsatadigan mahsulotlar ekologik markirovkalash obʼyekti hisoblanadi.

Ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarni ixtiyoriy ekologik markirovkalash toʻgʻrisida sertifikat olingandan keyin oʻz mahsulotlarini ixtiyoriy asosda ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalaydilar.

Sertifikat mavjud boʻlmagan taqdirda mahsulot nomida, oʻramida, tovarga ilova qilinadigan hujjatlarda va mahsulotni reklama qilishda “eko” va “eko” soʻzlaridan foydalanish taqiqlanadi.

Dori vositalari, veterinariya preparatlari, tibbiy buyumlar, tarkibida zaharli, mutagen, kantserogen, atrof-muhit uchun xavfli deb tasniflangan moddalar, preparatlar va aralashmalar mavjud boʻlgan tovarlar ixtiyoriy ekologik markirovkalanmaydi.

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi mahsulotlarni ixtiyoriy ekologik markirovkalash sohasida ishlarni tashkil etish boʻyicha vakolatli organ hisoblanadi.

Qaror bilan Oʻzbekistonda mahsulotlarni ixtiyoriy markirovkalash tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi.  

Asosiy mavzular