20:33 26 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
654 0 0

“Tonirovka” qilish majburiy talab emas, ixtiyoriy. Maqsadimiz – oynalarni qonunga xilof ravishda qoraytirishning oldini olish”, – dedi Yoʻl harakati Bosh boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari Erali Bozorov.

TOSHKENT, 30 may – Sputnik. Bugun Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligi mutasaddilari ishtirokida jurnalistlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi, deb xabar qildi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi.

OAV vakillari “tonirovka”, yaʼni oynalarni qoraytirish uchun Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati tomonidan jami nechta odamga ruxsatnoma berilgani va davlat gʻaznasiga qancha pul tushgani haqida savol berdi.

“Men hozir statistik maʼlumotlarni olib kelmaganman, – dedi IIV Yoʻl harakati Bosh boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari Erali Bozorov. – Lekin shunisi aniqki, respublika boʻyicha oynalarini qoraytirgan fuqarolarning soni umumiy transport soniga nisbatan hisoblaganda 0,5 foizni ham tashkil qilmaydi”.

Jurnalistlar ruxsatnoma olmasdan “tonirovka” qilganlik uchun jarima miqdorining keskin oshirilishidan maqsad nima ekanini soʻradi.

“Biz bilmaymizku, oynasini ruxsatnoma olmasdan qoraytirib olgan haydovchi qayerda nima ish qilib yuripti. Koʻpchilikning maqsadi boshqa boʻlishi mumkin. Qolaversa, “tonirovka” qilish majburiy talab emas, ixtiyoriy. Maqsadimiz – oynalarni qonunga xilof ravishda qoraytirishning oldini olish”, – dedi Erali Bozorov.  

Asosiy mavzular