06:01 19 Fevral 2020
Efir
  • RUB150.07
  • EUR10319.35
  • USD9528.49
Jamiyat
Havola olish
270 0 0

Urganch shahrida Oʻzbekiston – Rossiya qoʻshma komissiyasining birinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Tomonlar bir qator muhim hujjatlar, jumladan, taʼlimni oʻzaro tan olish toʻgʻrisidagi hujjatni imzolashdi.

TOSHKENT, 31 may — Sputnik. Rossiya va Oʻzbekiston hukumatlari bosh vazirlar ishtirokidagi qoʻshma komissiyaning birinchi majlisida taʼlim, iqtisodiyot, madaniyat, sanoat va sogʻliqni saqlash sohalarida bir qator hujjatlar imzoladilar. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

“Moskva va Toshkent taʼlim toʻgʻrisidagi diplomlar, malaka va ilmiy darajalar haqidagi hujjatlarni oʻzaro tan olish toʻgʻrisida kelishib oldi”, - deyiladi xabarda.

Tegishli bitim qoʻshma komissiyaning birinchi yigʻilishi doirasida Rossiya hukumati raisi Dmitriy Medvedev hamda Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov tomonidan imzolandi.

Bundan tashqari, Moskvadagi Butunrossiya koʻrgazma markazi  hududida Oʻzbekiston koʻrgazma markazining ochilishi toʻgʻrisidagi hujjat imzolandi.

Iqtisodiy idoralar rahbarlari Maksim Oreshkin va Botir Xoʻjayev mehnat samaradorligini oshirish sohasida tajriba almashish boʻyicha oʻzaro anglashuv memorandumini imzoladi.

Shuningdek, tomonlar qishloq xoʻjaligi sohasidagi hamkorlikni faollashtirish boʻyicha yoʻl xaritasini hamda toʻqimachilik, tikuvchilik va trikotaj tarmoqlarida hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimni amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini qabul qildilar.

Sogʻliqni saqlash vazirligi 2019-2020-yillarda hamkorlik boʻyicha amaliy tadbirlar rejasini imzoladi.

Butunrossiya tashqi savdo akademiyasi va Oʻzbekiston Respublikas investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi oʻzaro anglashuv va hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandumni tasdiqladi.

Asosiy mavzular