Ramazon hayiti namozi o‘qiladigan vaqt ma’lum qilindi

© muslim.uzPrazdnichnaya molitva v sobornoy mecheti "Xazrati Imam"
Prazdnichnaya molitva v sobornoy mecheti Xazrati Imam - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ramazon hayiti namozi 5-iyun Toshkent vaqti bilan soat 05:10 da, boshqa joylarda namoz vaqtidagi tafovutlar inobatga olib o‘qiladi.

TOShKENT, 31-may – Sputnik. O‘zbekistonda Ramazon hayiti namozi o‘qiladigan vaqtlar "O‘zbekiston musulmonlari idorasi" tomonidan ma’lum qilindi.

Unga ko‘ra, 5-iyun kungi Ramazon hayiti namozi Toshkent vaqti bilan soat 05:10 da, boshqa joylarda namoz vaqtidagi tafovutlar inobatga olib o‘qiladi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2019-yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 5-iyun chorshanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqida qabul qilgan qarori inobatga olinib, shu kun Ramazon hayiti sifatida keng nishonlanadi.

Haftasiga 5 kun ishlovchi xodimlar 2 kun - 5 va 6-iyun kunlari dam olishadi.

Yangiliklar lentasi
0