09:08 05 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
1107 0 0

Oʻzbekistonda hech kim mehmonga “yoʻq” deb javob bermaydi - Kseniya Sobchak taasurotlari.

TOSHKENT, 2 iyun – Sputnik. Yaqinda sayohatdan qaytib kelgan Kseniya Sobchak Oʻzbekiston haqida oʻzining yorqin va samimiy xotiralari bilan oʻrtoqlashdi.

Rossiyalik jurnalist Oʻzbekiston madaniyati va mehmondoʻstligini yuqori baholab, uni kutib olgan kishilarga minnatdorlik bildirdi.  

“Oʻzbekiston – gʻaroyib madaniyat mamlakati. Bu yerda, xuddi Yaponiya kabi, hech kim sizga “yoʻq” deb javob bermaydi. Ikkinchidan – bu yerda haqiqiy sharqona ertak. Uchinchidan – siz ham men kabi keramika va qoʻlda tikilgan kashtalarni yaxshi koʻrsangiz – bu yoqqa marhamat. Samimiy mehmondoʻstlik uchun rahmat”, - deb yozib qoldirgan Kseniya Sobchak oʻz  instagramida.

Oʻtgan haftda Kseniya Sobchak Samarqandda olgan taassurotlari haqida xabar bergan edik. Oʻshanda rossiyalik teleboshlovchi oʻzining Goʻr Amir hamda Registondan olgan taassurotlari bilan boʻlishgan edi.

Eslatib oʻtamiz, bir necha yil oldin, aniqrogʻi 2017 yilda Kseniya Sobchak rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalnыy bilan boʻlgan intervyusida “Oʻzbekistonda hech kim Pushkinni tanimaydi” degan soʻzlarni aytgan edi. Bunga javoban internetda yuzlab oʻzbeklar Pushkin sheʼrlaridan satrlar oʻqib berishgan edi.

Ming marta eshitgandan, bir marta koʻrgan yaxshi deganlaridek, Oʻzbekistonni oʻz koʻzi bilan koʻrib, yaxshi taassurotlar bilan qaytgan Kseniya Sobchak bundan buyon oʻzbeklar haqida gapirganda adashmaydi deb umid qilamiz.

Asosiy mavzular