Kitob o‘qish darajasi yetarli emas – Shavkat Mirziyoyev

Obuna bo‘lish
Hududlarga kitob yetkazib berish darajasi yaxshi, lekin ularni o‘qish va o‘qitish darajasi yetarli emas, dedi Shavkat Mirziyoyev.

TOShKENT, 2-iyun – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bo‘ka tumanida tashkil etilgan Madaniyat va ma’rifot ekoparkini borib ko‘rdi va u yerda yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.

Bo‘ka tumanidagi Madaniyat va ma’rifat ekoparki
Kitob o‘qish darajasi yetarli emas – Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Bo‘ka tumanidagi Madaniyat va ma’rifat ekoparki

Shavkat Mirziyoyev ushbu bog‘dagi kutubxonani kirib ko‘rdi va O‘zbekistonda kitobxonlik haqida o‘z fikrini bildirdi.

"Hududlarga kitob yetkazib berish yaxshi. Lekin ularni o‘qish, o‘qitish yetarli darajada emas. Bolalarimizni bog‘cha yoshidan, boshlang‘ich sinflardan kichik-kichik kitoblarga o‘rgatish, shu orqali ularni kitobsevar etib ulg‘aytirish zarur. Shundagina jamiyatimizda kitobxonlik muhiti shakllanadi, boshqalar ham kitob o‘qishga qaytadi", - dedi prezident.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, ushbu bog‘da Beshta tashabbusning barchasi mujassamlashgan. Zamonaviy kutubxona hamda kitob o‘qish uchun sokin joylar, kompyuter o‘yinlari uchun maydonlar, Wi-Fi hududlari tashkil etilgan, yopiq amfiteatr, kafelar qurilgan.

Bo‘ka tumanidagi Madaniyat va ma’rifat ekoparki
Kitob o‘qish darajasi yetarli emas – Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Bo‘ka tumanidagi Madaniyat va ma’rifat ekoparki

Universal sport maydonida badantarbiya, mini futbol, badminton, stol tennisi va boshqa sport turlari bilan shug‘ullanish mumkin. Shuningdek, velosiped, samokat, skeytbord va roliklar ijarasi ham yo‘lga qo‘yilgan. Majmua har oyda o‘rtacha 6 ming nafar yigit-qizni jalb qilishi mumkin.

Bo‘ka tumanidagi Madaniyat va ma’rifat ekoparki
Kitob o‘qish darajasi yetarli emas – Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Bo‘ka tumanidagi Madaniyat va ma’rifat ekoparki
Yangiliklar lentasi
0