17:29 18 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Gazovыy elektronnыy schetchik

Gaz va svet narxi oshmaydigan boʻldi

© Novosti Uzbekistana
Jamiyat
Havola olish
266 0 0

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 1 iyundan belgilangan gaz va svet narxi oshishi bekor qilindi.

TOSHKENT, 3 iyun – Sputnik. Oʻzbekiston Hukumatining 31 maydi imzolangan 452 sonli “Alohida yonilgʻi-energetika resurlari narxlar siyosatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga koʻra, 2019 yilning 1 iyunidan rejalashtirilgan gaz va svet narxlari oshishi bekor qilindi.

Vazirlar Mahkamasi qarorida, Oʻzbekiston Moliya hamda Energetika vazirliklariga, “Oʻzbekneftgaz” AJ va energetika sohasida ishlayotgan boshqa korxonalarning rentabelligidan kelib chiqqan holda, amal qilayotgan narxlarni qayta koʻrib chiqish va asosli takliflar kiritish belgilangan.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston hukumatining 2018 yil 1 noyabrdagi 897-sonli qaroriga asosan Oʻzbekistonda energiya manbaalari narxini bosqichma-bosqich oshirish rejalashtirilgan edi. Birinchi bosqichda 2018 yilning 16 noyabridan boshlab va ikkinchi bosqichda – 2019 yilning 1 iyunidan boshlab.

Asosiy mavzular