Andijon viloyatida xotin-qizlarni ish bilan ta’minlashga doir qaror loyihasi tayyorlandi

© Foto, Elmurod ErmatovAndijan. Park kulturi imeni A.Navoi
Andijan. Park kulturi imeni A.Navoi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Viloyatda kam ta’minlangan oilalar ro‘yxatida turuvchi 1 ming 789 nafar xotin-qizlarning turmush sharoitini yaxshilash, mehnatga layoqatli nogironligi bo‘lgan ayollar bandligini ta’minlash vazifalar belgilangan.

TOShKENT, 3-iyun – Sputnik. “Andijon viloyatida xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash, ular o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” hukumat qarori loyihasi tayyorlandi.

Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Toshkent viloyatida yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha vazifalarni belgilab berdi

Qaror loyihasiga 2019 yilda Andijon viloyatida xotin-qizlar bandligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi, ishsiz xotin-qizlarning bandligini ta’minlash bo‘yicha yo‘nalishlar kesimidagi taqsimoti, xotin-qizlar uchun davlat dasturi asosida yaratiladigan qo‘shimcha ish o‘rinlarining yo‘nalishlari bo‘yicha taqsimoti, “Har bir oila tadbirkor” dasturi asosida o‘z tadbirkorligini tashkil etadigan istagidagi xotin-qizlarning tuman (shahar) kesimidagi asosiy parametrlari ilova qilingan.

Shuningdek, xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘lari hisobidan Andijon viloyatida og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlar, shu jumladan nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar va oilalarga ajratiladigan reabilitatsiya texnik vositalari taqsimoti ishlab chiqilgan.

Loyihada Andijon viloyati hokimligi yangidan tashkil etiladigan hunarmandchilik va ipakchilik klasteri korxonalarida klaster tizimini to‘liq o‘z ichiga olgan jarayonni tashkil etish, yangi tutzorlar va zamonaviy pilla yetishtirish inshootlarini qurish uchun paxtadan qisqartirilgan yerlardan 100 gektardan kam bo‘lmagan yer maydonlari ajratish belgilangan.

Shavkat Mirziyoyev v xode soveshaniya s aktivom Tashkentskoy oblasti  - Sputnik O‘zbekiston
Ohangarondagi maishiy chiqindilar poligoni to‘lib qoldi

Chora-tadbirlar dasturi loyihasida 12 ta band yozilgan. Masalan, viloyatda jami 16 ming 413 nafar ishsiz xotin-qizlarning bandligini ta’minlash maqsadida joriy yil yakuniga qadar barcha tuman va shahardagi ishsiz xotin-qizlarni manzilli ro‘yxat asosida mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga va yangi tashkil etiladigan ish o‘rinlariga hamda kvotalangan ish o‘rinlariga joylashtiriladi.

Bandligi ta’minlangan xotin-qizlarning ish o‘rinlarida qo‘nimliligini hamda ularga yaratilgan mehnat sharoitini o‘rganish va natijalarini viloyat hokimligi apparat yig‘ilishlariga kiritib boriladi. Bunga mas’ullar - Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi, Andijon viloyati hokimligi.

Qaror loyihasi 16-iyungacha muhokama qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0