Kuchli yomg‘ir: Toshkentga uchgan ikkita samolyot o‘z yo‘nalishini Samarqandga o‘zgartirdi

© Sputnik / StringerDreamliner uzbekskix avialiniy
Dreamliner uzbekskix avialiniy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kuchli yog‘ingarchilik tufayli Nur-Sulton va Moskvadan uchgan samolyotlar o‘z yo‘nalishini Samarqandaga o‘zgartirdi.

TOShKENT, 3-iyun – Sputnik. Toshkent shahrida kuzatilayotgan kuchli yog‘ingarchilik tufayli poytaxtga parvoz qilayotgan ikkita samolyot Samarqandga yo‘l oldi. Bu haqda AviaSpotter telegram kanali xabar qildi.

Slepoy dojd proshel nad znoynim Tashkentom - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda "ko‘r yomg‘ir" yog‘di – video

Xususan, Nur-Sultondan Toshkentga uchib kelayotgan, UZBEKISTAN airways’ning Airbus A320-214 samolyoti noqulay ob-havo tufayli Samarqanddagi aerodromga o‘z yo‘nalishini o‘zgartirdi.

Bundan tashqari, UZBEKISTAN airways’ning Moskva - Toshkent reysidagi Boeing 787-8 Dreamliner samolyoti ham poytaxtdagi noqulay ob-havo va kuchli yog‘ingarchilik tufayli Samarqandga yo‘l oldi.

Yangiliklar lentasi
0