18:00 19 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Jamiyat
Havola olish
499 0 0

Oʻzbekistonda 16 ming nafar kishi ishsizlik nafaqasini olmoqda. Oʻtgan yili bu koʻrsatkich 2,5 ming kishini tashkil etgan.

TOSHKENT, 4 iyun – Sputnik. Bugun, 4 iyun kun Milliy matbuot markazida Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod  Kudbiyev ishtirokida "Oʻzbekistonda mehnat sohasini yanada takomillashtirish boʻyicha olib borilayotgan chora-tadbirlar va natijalar" mavzusiga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi. Bu haqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri xabar qildi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining soʻzlariga koʻra, 2018 yilning ikkinchi yarmidan boshlab mehnat organlarini moliyalashtirish keskin darajada oshirildi.

"Kasbga oʻqita olmasak, jamoat ishiga odamlarimiz yoʻq desak, unda qonunchilik boʻyicha ishsizlik nafaqasini toʻlab berishimiz kerak. Shu paytgacha, hatto, mehnat organlari ishsizlik nafaqasini tayinlashni esdan chiqargan ekan. Buni ochiqchasiga tan olamiz. Moliya vazirligi davlat byudjeti ajratib berilgan mablagʻ ishsizlik nafaqasi sifatida rasmiylashtirishga ulgurmayapmiz. Yaʼni mehnat organlari oʻzining moddiy texnika bazasi yetarli boʻlmagani, umumiy saviyamiz yetarli boʻlmagani - eng ogʻir muammolarimiz shundan iborat", - dedi Sherzod Kudbiyev.

Bugungi kunda Oʻzbekistonda 16 ming nafar kishi ishsizlik nafaqasini olmoqda. Oʻtgan yili bu koʻrsatkich 2,5 ming kishini tashkil etgan.

Vazir joriy yil 4 oyi davomida mehnat organlariga murojaat qilgan aholi soni 179 mingdan 239,4 minggacha, ishga joylashtirish aholi soni 77 mingdan 93 minggacha oshganini qoʻshimcha qildi.

Asosiy mavzular