03:39 25 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Olimpiyskiy talisman pomog zajech Milane Pak

Afsonaviy Oksana Chusovitinaning sovgʻasi toshkentlik Milana Pakka omad keltirdi

Foto iz lichnogo arxiva Milanы Pak
Jamiyat
Havola olish
Aleksey Stefanov
67620

Har bir tanlovdan oldin “Detskaya Novaya volna-2019” xalqaro vokal tanlovining final ishtirokchisi Milana Pakni afsonaviy oʻzbekistonlik sportchi Oksana Chusovitina qoʻllab-quvvatlaydi.

TOSHKENT, 6 iyun – Sputnik. “Detskaya Novaya volna-2019” tanlovida toshkentlik Milana Pak uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi. U uyga qaytib ketdi: oldinda yana bir hafta oʻqish va hayrlashuv oqshomida chiqish.

“Oʻqituvchilar meni maktab oʻqish tugashi munosabati bilan oʻtkaziladigan tantanada qoʻshiq kuylashimni soʻrashdi. Men Human qoʻshigʻini aytaman, uni “Detskaya Novaya volna-2019” finalining birinchi kunida kuylaganman”, - dedi Milana Pak Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga.

Na konkurse molodыx ispolniteley pop-muzыki Detskaya Novaya volna-2019 12-letnyaya Milana Pak iz Tashkenta zanyala tretye mesto.
Foto iz lichnogo arxiva Milanы Pak
Na konkurse molodыx ispolniteley pop-muzыki "Detskaya Novaya volna-2019" 12-letnyaya Milana Pak iz Tashkenta zanyala tretye mesto.

Milana sakkiz yoshida Paris Je t'aime tanlovida eng yaxshi qoʻshiqchi deb topildi. Shu vaqtdan boshlab uni mashhur, gimnastika tarixida yetti karra olimpiya ishtirokchisi, sovet va oʻzbekistonlik sportchi Oksana Chusovitova qoʻllab-quvvatlaydi. U Milanaga besh yulduz tasvirlangan bilaguzukni sovgʻa qildi. Yosh qoʻshiqchi taʼkidlashicha, bu tumor unga gʻalaba qozonishga yordam beradi.

Oleg Gazmanov: “Oʻzbekiston sen bilan faxrlanishi kerak”

“Detskaya Novaya volna-2019” tanlovida Milana Pak uning vokal-ustozi Valentina Martirosyan tomonidan yuborilgan arizasiga binoan qatnashdi.

“U yetti yoshimdan mening eng sevimli ustozim”, - deya tan oldi yosh artistka.

“Biz “Detskaya Novaya volna” tanlovida oʻtgan yili ishtirok etishimiz kerak edi, biroq bora olmadik. Shu vaqtning oʻzida Sanremo Junior tanlovida qatnashish uchun ariza berganmiz, u yerda finalga chiqdik va Italiyaga borishga qaror qildik. Milana San-Remoda birinchi oʻrinni oldi”, - deydi Milananing onasi Irina Pak.

Vokal tanlovining yarim finali Moskvada oʻtkazildi. Unga yuzlab bolalar keldi, biroq finalga faqat 10 ta davlatdan 12 kishi oʻtdi: Oʻzbekiston, Abxaziya, Armeniya, Belarus, Qozogʻiston, Litva, Ozarbayjon, Buyuk Britaniya, Malta va Rossiyadan uch nafar ishtirokchi. Ozarbayjonlik xonanda kelishdan avval kasal boʻlib qoldi va sahnaga 11 kishi chiqdi.

Final bosqich mashhur “Artek” bolalar lagerida oʻtkazildi. Tanlov hayʼatiga Oleg Gazmanov, Lev Leshenko, Nikolay Baskov, Yulianna Karaulova va Yuliya Savicheva kiritildi. Hayʼat raisi Rossiyada xizmat koʻrsatgan artist Igor Krutoy boʻldi.

Foto iz lichnogo arxiva Milanы Pak
Final sudili: Oleg Gazmanov, Lev Leщenko, Nikolay Baskov, Yulianna Karaulova i Yuliya Savicheva i Igor Krutoy

Hayʼat aʼzolari bu yilda barcha final ishtirokchilar juda kuchli ekanligini tan olib, ilk bor gʻolibni tanlash qiyish boʻlganini aytishdi.

“Biz Milana bilan Yaltaga 10 kunga keldik, shu vaqtda tayyorgarlik koʻrdik. Tanlov tashkilotchilar juda ajoyib – ular nafaqat finalchilarga, balki ularga hamroh qilgan kishilarning yoʻl va uch mahal ovqatlanishni oʻz ichiga olgan yashash harajatlarini toʻlab berishdi”, - dedi Irina Pak.

Milana Pakni tanlovning birinchi kunidayoq eʼtibor qaratishdi. Irina oldiga oʻtgan tanlov qatnashchilari va hayʼat aʼzolari ham keldi.

“Menga hayʼat aʼzolarining barchasi yoqdi. Chunki ular yulduzlar, hammasi yaxshi qoʻshiq kuylashadi. Esimda qolgani, ikkinchi kuni, hammasi tugaganidan keyin Oleg Gazmanov menga “Oʻzbekiston sen bilan faxrlanishi kerak” deb aytdi”, - deb qoʻshimcha qildi Milana.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot milana pak (@milana__pak_official)

“Bolalar Yevrovideniya”da ishtirok etmaydi

Milananing ota-onasi shou-biznesga hech qanday aloqasi yoʻq. Otasi – suzish boʻyicha sport ustasiga nomzod, onasi esa sport gimnastikasi boʻyicha sobiq ittifoq ustasi. Shuning uchun ularning uyida Oksana Chusovitova tez-tez mehmon boʻladi. Irina Pak u bilan 11 yil, terma jamoa tarkibida ishtirok etgan davrda buyon doʻst boʻlib kelgan.

Foto iz lichnogo arxiva Milanы Pak
Kajdыy raz, kogda Milana Pak uchastvuyet v konkursax, Oksana Chusovitina zvonit, podbadrivayet yeye i dayet nastavleniya.

“Har gal Milana tanlovlarda ishtirok etgan vaqtda, Oksana qoʻngʻiroq qilib, uni qoʻllab-quvvatlaydi va juda havotir oladi, maslahat beradi. Mana bugun ham qoʻngʻiroq qildi, yaqin kunlarda mehmonga keladi”, - deydi Irina Pak.

“Mening orzuim – jahon yulduzi boʻlish. Qaysidir mashhur odam bilan qoʻshiq kuylamoqchiman. Masalan, Ariana Grande yoki Beyonse. Yana shifokorlikka oʻqiyman”, - aytadi Milana.

“Detskaya Novaya volna-2019” tanlovida uchinchi oʻrin olish bilan Milana shu yil noyabr oyida oʻtkaziladigan “Bolalar Yevrovideniye” tanloviga borish huquqini qoʻlga kiritdi.  Yosh xonandani bu bilan tabriklashni boshladi, biroq u tanlovda ishtirok etmaydi.

“Hamma Milana sovrin qoʻlga kiritgan boʻlsa, Polshada qoʻshiq kuylaydi deb oʻyladi. Biroq u mehmon - sifatida taklifnomasini oldi”, - deya tushuntiradi Milananing onasi.

Oʻzbekiston “Yevrovideniye” tanlovida ishtirok etish huquqiga ega emas. Boshida mamlakat badal toʻlovini kiritishi va tanlovni efirga uzatish uchun ruxsatnoma olishi kerak -  faqat shular mamlakat vakilining sahnaga chiqish huquqini beradi.

“Endi Milana koʻproq oʻqishga eʼtibor berishi mumkin, chunki vokal, xoreografiya, fortepiano mashgʻulotlari koʻp vaqtni talab qiladi. Biz uchun taʼlim birinchi oʻrinda turadi”, - deb yakun yasadi Irina Pak.  

Asosiy mavzular