Operatsiya oldidan Bari Alibasov shifoxonada yangi vasiyatnoma tuzdi

© Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishProduser Bari Alibasov
Produser Bari Alibasov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Na-Na” guruhining asoschisi Bari Alibasov Sklifosovskiy nomidagi shifoxonasi jonlantirish bo‘limiga notariusni chaqirtirdi.

TOShKENT, 6-iyun – Sputnik. Rossiya xalq artisti va “Na-na” guruhining asoschisi Bari Alibasov yangi vasiyatnoma tuzdi, bu haqda uning PR-direktori Vadim Gorjankin ma’lum qildi.

Pevitsa Maksim - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyalik xonanda MakSim ilk bor Toshkentda konsert beradi

Uning so‘zlariga o‘ra, Alibasov shaxsan notariusni jonlantirish bo‘limiga chaqirtirdi.

Bundan avval Alibasov vasiyatnoma tuzgan edi. Ta’kidlanishicha, Alibasov oldingi vasiyatnomaga o‘zgartirishlar kiritdi.

Yangi vasiyatnomaga ko‘ra, Bari Alibasovning o‘g‘liga qo‘shiqchiga tegishli bo‘lgan Moskvadagi uchta kvartira qoladi.

Alibasovning rafiqasi, Lidiya Fedoseyevaya-Shukshinaga Moskva viloyatida joylashgan narxi yarim million dollar bo‘lgan yer uchastkasi beriladi. Bundan tashqari, Alibasov unga ikki million dollarga teng bo‘lgan aksiya, veksel va boshqa qimmatbaho qog‘ozlarni meros sifatida qoldiradi.

"Moskva" nashri yozishicha, Bari Alibasov shoshilinch operatsiyaga tayyorlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Bari Alibasov kimoviy moddalar bilan zaharlanish oqibatida shifoxonaga tushdi.

Alibasov o‘g‘lining so‘zlariga ko‘ra, u quvur tozalash uchun mo‘ljallangan kimoviy suyuqlik solingan stakanni sharbat deb ichib yuborgan.

Yangiliklar lentasi
0