12:53 23 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.92
  • EUR9676.70
  • USD8624.51
Chereshnya

Mazali gilos va uzum: Oʻzbekiston mevalari dunyo bozorini zabt etmoqda – Bozorov

© Sputnik / Vitaliy Timkiv
Jamiyat
Havola olish
506 0 0

“Doing Business with Namangan – 2019” doirasida 320 million dollarlik investitsiya shartnomalar imzolash rejalashtirilgan.

TOSHKENT, 7 iyun – Sputnik. Namangan viloyati hokimi Xayrulla Bozorov viloyatda yetishtirilga mevalar ilk bor Angliya va Hindistonga eksport qilingani haqida maʼlumot berdi. Bu haqda xalqaro investitsiya forumida qatnashayotgan Sputnik Oʻzbekiston muxbiri xabar qildi.

Namangan viloyati hokimining soʻzlariga koʻra, bir hafta avval, Namanganda yetishtirilgan gilos mevasi barcha zaruriy sifat sertifikati berilgan Angliyaga eksport qilindi va London shahrini supermarketlar peshtaxtalarda oʻrin oldi.

“Mevalarimiz nafaqat gʻarbga, balki Sharqqa ham borayapti. Joriy yilda Hindistonning “Kasa Biyanka” kompaniyasi bilan shartnomalar tuzildi. Mazali oʻrikning birinchi partiyasi allaqachon Hindistonning supermarketlarida namoyish etilgan”, - dedi Bozorov.

Namangan hokimining soʻzlariga koʻra, viloyatida 24 ming gektar mevali bogʻlar,9 ming gektar uzumzorlar mavjud. Oʻtgan yilning oʻzida 750 ming tonna sabzavot, 250 ming tonna meva, 107 ming tonna uzum yetishtirildi.

Namanganda 150 ta qoʻshma korxonalar faoliyat olib bormoqda. Hozirda Koreya, Xitoy, Rossiya, Birlashgan arab amirliklari, Singapur, Germaniya va boshqa bir qator davlatlar bilan ish olib borilmoqda.

Namanganda yirik xalqaro iqtisodiy tadbir – “Doing Business with Namangan – 2019”  Xalqaro investitsiya  forumi oʻz ishini boshladi.  Tadbirda 40 ga yaqin davlatdan 300 ga yaqin xorijiy kompaniya vakillari qatnashmoqda.

Forum doirasida 320 million dollarlik investitsiya shartnomalar imzolash rejalashtirilgan.

Asosiy mavzular