20:18 14 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB145.75
  • EUR10354.03
  • USD9433.34
Kupyurы nominalom pyatdesyat tыsyach sumov

Oʻzbekistonda obodonlashtirish boʻlinmalari xodimlarining maoshi koʻtariladi

Sputnik
Jamiyat
Havola olish
451 0 0

“Odamlar uchun shahar”, “Yashil shahar”, “Shahar bogʻ” modellari qoʻllanilib hududlar obodonlashtiriladi.

TOSHKENT, 7 iyun – Sputnik. Aholi punktlarini obodonlashtirish sohasida ishlar samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi obodonlashtirish sohasidagi muammolarni oʻrganish va metodologik taʼminlashga masʼul organ etib belgilandi.

Qaror bilan 2019–2020 yillarda obodonlashtirish sohasida ishlar samaradorligini yanada oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” tasdiqlandi. “Yoʻl xaritasi” doirasida “Odamlar uchun shahar”, “Yashil shahar”, “Shahar bogʻ” modellari qoʻllanilib hududlar obodonlashtiriladi.

2020 yil 1 yanvardan obodonlashtirish xodimlariga bir qator ustamalar toʻlanadi. Jumladan, obodonlashtirish boʻlinmalari xodimlariga ovqatlanish uchun eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida kompensatsiya belgilanadi.

Qarorga muvofiq, “Obod hudud” axborot tizimi ishga tushiriladi.

2020 yil 1 yanvardan shahar koʻchalarini qurish va taʼmirlashda unga tutash hududlar ham majburiy obodonlashtiriladi.

Toshkent shahrida eksperiment tariqasida jarayonlarni boshqarish va avtomatlashtirishning zamonaviy tizimlari joriy etiladi.

2019 yil 1 oktyabrdan yuridik va jismoniy shaxslar oʻziga biriktirilgan hududni obodonlashtirish uchun masʼul hisoblanadi.

Asosiy mavzular