12:24 26 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Avtomobilnoye dvijeniye v Tashkente

Oʻzbekistonda minilgan eski avtomobilni topshirib, yangisini olib ketish mumkin boʻladi

Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Jamiyat
Havola olish
105630

“Oʻzavtosanoat" strategik rejalashtirish direktsiyasi boshligʻi Rustam Qodirov Oʻzbekiston avtobozorida trade-in amaliyoti tatbiq qilinishini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 7 iyun – Sputnik. Bugun Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Oʻzavtosanoat” aktsiyadorlik jamiyati vakillari ishtirokida "Oʻzbekistonda avtomobilsozlikni rivojlantirish strategiyasi" mavzusida brifing boʻlib oʻtdi.

"Oʻzavtosanoat" strategik rejalashtirish direktsiyasi boshligʻi Rustam Qodirov Oʻzbekiston avtobozorida trade-in amaliyoti tatbiq qilinishini maʼlum qildi.

“Mamlakatimizda avtomobillardan foydalanish boʻyicha yangi tizim joriy etilishi rejalashtirilmoqda. Masalan, sizning moshinangiz bor, 3-5 yoki 10 yil mingansiz, uni yangilamoqchisiz. Lekin yangi moshina sotib olish uchun pulingiz kamroq boʻlishi mumkin. Siz eski, yaʼni hozir minib yurgan moshinangizni dillerga borib topshirasiz-da, yangi avtomobil oʻrtasidagi farqni toʻlov qilasiz, almashtirib ketaverasiz, yangilab olasiz”, - dedi Rustam Qodirov.

Qayd etilishicha, bu yangi avtomobillar savdosini kuchaytiradi. Shuningdek, aholi ixtiyoridagi avtomobillar parkini yaxshilash imkonini beradi.

Asosiy mavzular