05:04 22 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.34
  • EUR9673.87
  • USD8584.50
Ekzamen

Abituriyentlar Davlat xizmatlari markazlar orqali hujjat topshirganda soʻrovnoma toʻldiriladi

© Steven S.
Jamiyat
Havola olish
30910

Test sinovlari oʻtkazilayotgan yildan avvalgi yillarda taʼlim muassasasini tugatgan abituriyentlardan eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida toʻlov undiriladi.

TOSHKENT, 7 iyun – Sputnik. Hukumat qarori bilan tasdiqlangan reglamentga muvofiq, abituriyentlar Davlat xizmatlari markazlar orqali hujjat topshirganda soʻrovnoma toʻldiriladi.

Quyidagi hujjatlarning asl nusxasi taqdim etiladi:

- pasport (pasport yoshiga yetmaganlar tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma);

- maktabni, kollejni yoki litseyni tugatganlik toʻgʻrisidagi hujjat (ilovasi bilan);

- imtiyozga ega boʻlganlar imtiyozni tasdiqlovchi hujjat.

Abituriyent bir vaqtda, oʻqitishning bir shakli doirasida 3 tagacha oliy taʼlim muassasasini tanlashi mumkin.

Davlat xizmatini koʻrsatish uchun joriy yil bitiruvchilaridan va nogironligi boʻlgan yoki toʻliq davlat taʼminotidagi shaxslardan toʻlov undirilmaydi.

Test sinovlari oʻtkazilayotgan yildan avvalgi yillarda taʼlim muassasasini tugatgan abituriyentlardan eng kam oylik ish haqining 50 foizi (101 ming 365 soʻm) miqdorida toʻlov undiriladi.

Asosiy mavzular