00:57 24 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.92
  • EUR9676.70
  • USD8624.51
Medsestra v operatsionnoy

Qozogʻistonda zaharlangan Oʻzbekiston fuqarolariga shifoxonadan chiqishga ruxsat berildi

© Sputnik / Konstantin Chalabov
Jamiyat
Havola olish
58 0 0

Qaragʻanda shahrida maishiy gazdan zaharlanish oqibatida shifoxonaga joylashtirilgan 12 nafar Oʻzbekiston fuqarosiga ruxsat berildi.

TOSHKENT, 8 iyun — Sputnik. Qozogʻistonda gazdan zaharlangan Oʻzbekiston fuqarosining barchasiga 5 iyun kuni tibbiy muassasadan ruxsat berildi. Bu haqda TIV Oʻzbekistonning Qozogʻistondagi elchixonasi bergan maʼlumotga asoslanib maʼlum qildi.

Qaragʻanda shahrida maishiy gazdan zaharlanish oqibatida shifoxonaga joylashtirilgan 12 nafar Oʻzbekiston fuqarosiga ruxsat berildi.

Ular:

- Husanov Sardor Toshkan oʻgʻli, 20.07.2001 y.da tugʻilgan;
- Joʻrayev Valentin Fayzullayevich, 15.04.1998 y.da tugʻilgan;
- Husanov Sharif Toshkanovich, 08.02.1973 y.da tugʻilgan;
- Toshkanov Alisher Egamberdi oʻgʻli, 17.10.1996 y.da tugʻilgan;
- Neʼmatov Bahodir Botir oʻgʻli, 30.03.1992 y.da tugʻilgan;
- Elboyev Odil Oripovich, 12.04.1986 y.da tugʻilgan;
- Elbayev Farrux Oripovich, 02.02.1992 y.da tugʻilgan;
- Toshkanov Shahzod Xudoyberdi oʻgʻli, 10.03.1999 y.da tugʻilgan;
- Toshkanov Doston Sharif oʻgʻli, 24.10.1995 y.da tugʻilgan;
- Toshkanov Oybek Qahramon oʻgʻli, 15.02.1996 y.da tugʻilgan;
- Iskandarov Obid Sallohidinovich, 01.08.1995 y.da tugʻilgan;
- Samiyev Azizbek Asad oʻgʻli, 01.01.1998 y.da tugʻilgan.

Qozogʻiston huquq-tartibot organlari tomonidan mazkur favqulodda holatning sabab va oqibatlarini aniqlash maqsadida surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq Qaragʻanda shahrida 16 nafar Oʻzbekiston fuqarosi maishiy gazdan zaharlanishi qayd etilgani va Oʻzbekistonning Qozogʻistondagi konsuli Dilshod Hakimov fuqarolar ahvolidan xabar olgani xabar qilingan edi. Dastlabki taxminlariga koʻra, mazkur hodisa Oʻzbekiston fuqarolari taʼmirlash ishlarini bajargan yangi qurilayotgan uyda benzin agregatidan is gazi chiqishi oqibatida sodir boʻlgan.

Asosiy mavzular