01:50 18 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30

Toshkentdagi barcha “Oqtepa Lavash” restoranlari yopildi– video

© oqtepalavash
Jamiyat
Havola olish
719 0 0

“Oq-tepa lavash” umumiy ovqatlanish shoxobchalarida ovqatdan zaharlanganlar soni 41 kishiga yetdi.

TOSHKENT, 8 iyun - Sputnik. “Oqtepa Lavash” ovqatlanish tarmogʻi barcha filiallarini yopdi.

Bu haqda “Oqtepa Lavash”  MCHJ rahbari Hayot Gʻulomov “Sevimli” telekanalining “Zamon” dasturiga bergan intervyusida maʼlum qilgan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Toshkentda ommaviy zaharlanish yuz berganini xabar qilingan edi. Zaharlanganlardan 16 nafari oʻz kasalliklarini Mirobod tumani “Qoʻyliq-5” massivida joylashgan, 19 nafari Sergeli tumani Sergeli-8 mavzesida, 3 nafari Uchtepa tumanida, 1 nafari Shayxontohur tumanidagi Chorsu bozori hududida, 1 nafari Olmazor tumanida joylashgan “Oqtepa lavash” umumiy ovqatlanish shoxobchalarida tayyorlangan tovuqli sendvichni va yana bir nafar fuqaro buyurtma asosida keltirilgan mahsulotni oʻz xonadonida isteʼmol qilganliklari bilan bogʻlashmoqda.

“Oq-tepa lavash” kompaniyasining Feysbukdagi rasmiy sahifasida boʻlib oʻtganlar uchun javobgarlikni toʻliq zimmasiga olishini maʼlum qilgan edi.

Soʻnggi maʼlumotlarga qaraganda, Toshkentdagi “Oq-tepa lavash” umumiy ovqatlanish shoxobchalarida ovqatdan zaharlanganlar soni 41 kishiga yetgan.

Asosiy mavzular